Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rossiya UYEFAdan OFKga o‘tish masalasini keyinroqqa qoldirdi

Rossiya UYEFAdan OFKga o‘tish masalasini keyinroqqa qoldirdi

Baho:
+ | -

Rossiya futbol ittifoqi (RFI) faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov tashkilotning UYEFAdan chiqib, OFKga o‘tish masalasida fikr bildirdi.

RFI prezidenti Aleksandr Dyukov o‘tgan haftada bergan ma’lumotida, ushbu masala bo‘yicha qaror 27 dekabr kuni qabul qilinishini aytib o‘tgandi. Ma’lum bo‘lishicha, bu borada ovoz berish masalasi 31 dekabrga qoldirildi.

«Ovoz berish nima uchun keyinroqqa qoldirilgani borasida biror narsa deyishim qiyin. Ushbu qarorni qabul qilgan insonlardan so‘rash kerak. Ijroqo‘mning o‘zida esa Osiyoga o‘tish borasida yakdil fikr yo‘q edi.

Bu masala turli savollarni keltirib chiqaradi. Ulardan asosiysi — OFK Rossiyani qabul qiladimi? Ko‘pchilik aynan shu savolni beryapti. O‘ylashimcha, FIFA va OFKdan kafolat olish uchun tanaffus qilishga qaror qilindi», – dedi Koloskov.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 15:42, 27.12.2022.
O'qildi: 1550 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик