Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Chempionlikka go‘zal tirgak!

Chempionlikka go‘zal tirgak!

Baho:
+ | -

Hududi bo‘yicha mittigina Qatarning bag‘ri ancha kengligi JCH-2022 davomida yaqqol sezildi.

 Dunyoning turli burchaklaridan o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Doxa safariga chiqqan minglab muxlislar mamlakat ichida ma’lum cheklovlar joriy etilganiga qaramay, chinakamiga yayrashdi. Har holda, shohona stadionlar tribunalarida o‘zgacha qaynoqlik kuzatildi o‘yinlar davomida. Osiyoda nafaqat oddiy fanatlar, balki mundial ishtirokchilarining yaqinlari, turmush o‘rtoqlari, farzandlari va mahbubalari ham o‘zlarini o‘ta erkin his qilishdi.

Ayniqsa, Argentinadan tashrif buyurgan muxlislarga gap yo‘q. Ular tufayli Lionel Skaloni jamoasi finalda xuddi o‘z maydonida o‘ynayotgandek bo‘lgandir. Argentinalik futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash bobida jonkuyar fanatlar qatori ularning turmush o‘rtoqlari va mahbubalari ham o‘ta faollik ko‘rsatishdi. Ular bu masalada norasmiy chempionga ham aylanishdi. Har holda, yangi g‘olib tarkibidagi deyarli barcha futbolchilarning hamxonalari yoki qalliqlari Qatarga tashrif buyurdilar. Ular tribunalarda faol bo‘lish barobarida ijtimoiy tarmoqlarni ham chiroyli postlar bilan bezashdi.

Ayniqsa, Lionel Messining turmush o‘rtog‘i Antonella (o‘g‘illari - Tyago, Mateo hamda Chiro bilan), Gonsalo Montyelning qallig‘i Karina, Leandro Paredesning hamxonasi Kamila, Xulian Alvaresning shaxsiy muxlisasi Emiliya va Lautaro Martinesning mahbubasi Avgustino Gandolfo ajralib turishdi. Agar Qatarda mundial bilan parallel ravishda «Jahon futboli go‘zallari» tanlovi uyushtirilganidami, unda Argentina termasi futbolchilarining hurliqo umr yo‘ldoshlari va mahbubalari g‘alaba qozonishardi, albatta. Muhimi, ular o‘z kavalerlari muvaffaqiya­tiga munosib hissa qo‘shishdi. Chempionlikka go‘zal tirgak!

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 29.12.2022.
O'qildi: 2289 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.