Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko 2-1 RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 17:30 Tailand - Braziliya
20/09 17:30 Kuba - Xorvatiya
20/09 20:00 Kosta-Rika - O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya - Paragvay
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

Pelening buyukligi goleadorlikdangina iborat emas. «Soxta to‘purar» deguvchilar shoshmasin!

Pelening buyukligi goleadorlikdangina iborat emas. «Soxta to‘purar» deguvchilar shoshmasin!

Baho:
+ | -

Pele nafaqat Braziliya, balki butun dunyo uchun eng buyuk futbolchi edi - uning futbol tarixidagi siymosi shunchalik ulkanki, uning hissasi haqida avlodlar hali ancha vaqt gapirib yurishadi. Ammo bahsli bo‘lib qoladigan narsalardan biri bu gollar rekordidir. Shu sababli Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va hatto Neymarning natijalari o‘sha qadriyatga to‘liq ko‘tarilmadi. Hisoblash tizimlari shunchalik farq qiladiki, dunyo hali ham umumiy tushunchaga kelmagan.

Qishda Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi gollar bo‘yicha rekord o‘rnatgani haqida xabarlar paydo bo‘lgach, OAVda Pele o‘zining Instagram sahifasidagi tavsifni o‘zgartirdi: «Barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari (1283)». Bu haqida taxminlar paydo bo‘ldi. Pele bunga shunday javob berdi: «Matbuotda meni yirik yulduzlardan ortda qolishdan qo‘rqib o‘z tarjimai holimni o‘zgartirganimda ayblashdi. Men platformaga qo‘shilganimdan beri tavsif matni har doim shunday bo‘lib kelgan. Bularning hech biri bizni chalg‘itmasligi kerak», — degandi qirol.

Pele o‘rtoqlik uchrashuvlarida urgan barcha gollarini hisoblab chiqdi va buning uchun ko‘plab muxlislar uni «futbol tarixidagi buyuk firibgar» deb atashdi. 1958 yilgi jahon chempionatida g‘alaba qozonganidan so‘ng, u shunday darajadagi super yulduzga aylandiki, u haqida okeanning narigi tomonida gapirishni boshladilar - va «Santos» pul ishlashni asosiy maqsad qilib oldi. Dastlab Janubiy Amerika bo‘ylab gastrol safari bo‘lib o‘tdi: 42 kun ichida jamoa Peru, Kosta-Rika, Ekvador, Meksika, Gvatemala va hatto Gollandiyada 14 ta o‘yin o‘tkazdi. Pele Braziliya terma jamoasi bilan ishtirok etgan Amerika kubogi uchun tanaffusdan so‘ng, «Santos» Yevropa bo‘ylab turnega chiqdi - klub jami 20 ta shaharga tashrif buyurdi, ularda 22 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Eng yorqinlari «Inter» va «Barselona» bilan o‘yinlar bo‘ldi: Italiyada Pele to‘rtta (umumiy hisob 1:7), Ispaniyada ikkita (1:5) gol urdi.

Shuningdek, matbuot Pele o‘z statistikasini atay yaxshilash uchun saviyasiz o‘yinlarda ishtirok etganini yozishdi: 1959 yilda braziliyalik xalqaro o‘yinlarga ruxsat berilishi to‘g‘risida kelishuv bilan xizmatni tark etdi. Vaqti-vaqti bilan braziliyalik armiya jamoasida o‘ynagan, biroq, «Santos» rasmiy sayti ma’lumotlariga ko‘ra, u armiyadagi faoliyati davomida 14 ta gol urgan. Pelening Paulista terma jamoasi uchun to‘qqizta gol (bu San-Paulu shtati chempionati bo‘lib, braziliyalik 10 marta o‘ynab, u yerda jami 466 gol urgan).

Demak taqsimot quyidagicha:

«Santos» 1089

Braziliya terma jamoasi 95

«Nyu York Kosmos» 65

Qurolli kuchlar 14

Paulista 9

«Santos» va «Vasko»ning birlashgan jamoasi uchun 6

San Paulo sportchilar uyushmasi 3

Hatto FIFA ham Pelening norasmiy o‘yinlarda gol kiritganini tan oladi: «Agar Yozef Bisanga ham shunday imkoniyat berilganda uning hisobi taxminan 1468 bo‘lar edi».

Pele qancha gol urdi, biz bilmaymiz. Hamma joyda har xil statistika

«Santos» o‘z statistikasida hammasini hisobga oladi: klub «ko‘rgazmali o‘yinlar»da urilgan gollar rasmiy uchrashuvlarda kiritilgan gollar bilan aynan bir xil qiymatga ega deb hisoblaydi. Biroq buning farqi juda katta - 448 ta gol. Umuman olganda, klub ma’lumotlariga ko‘ra, Pele butun faoliyati davomida 1282 ta gol urgan.

Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (RSSSF) manbasining ko‘rsatkichlari qo‘yidagicha:

Yuqori darajadagi rasmiy o‘yinlar - 769

Barcha rasmiy o‘yinlar - 778

Barcha xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari – 391 ta

Yuqori jamoalar bilan o‘tkazilgan barcha o‘rtoqlik turnirlari – 96 ta

Barcha gollar - 1256

Barcha o‘yinlar - 1303

Olimpiya qo‘mitasi sayti klub futbolida 680 ta, milliy terma jamoada esa 77 ta gol haqida yozadi, bu esa Pelening butun faoliyati davomida 757 ta gol urganini anglatadi.

Braziliya Neymarning Pele rekordini yangilaganini tan olmaydi. Bu esa futbol tarixidagi yana bir bahsli lahzadir

Neymar Xorvatiyaga gol urganida, xalqaro gollar soni bo‘yicha Pelega tenglashdi. FIFA ma’lumotlariga ko‘ra afsonaviy braziliyalik terma jamoa uchun 77 ta gol urgan - hozir Neymar hisobida ham xuddi shuncha gol bor. Ammo Braziliya Futbol Konfederasiyasi (CFB) bunga rozi emas: ularning raqamlariga ko‘ra, Pele 92 o‘yinda 77 emas, 113 o‘yinda 95 ta gol urgan. Sababi, FIFA Pele davrida mashhur bo‘lgan klublarning o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi gollarni hisobga olmaydi - o‘sha paytda Braziliya, masalan, «Inter» va «Atletiko» bilan bir necha bor o‘ynagan. 21 o‘yinda to‘purar 18 ta gol urdi - FIFA esa buni tan olishni istamaydi.

Futbol tarixidagi eng zo‘r to‘purar haqidagi bahs abadiy davom etadi. Ammo Pelening buyukligini bunga o‘xshash hech bir fakt inkor eta olmaydi.

Kiritildi: 14:07, 30.12.2022.
O'qildi: 2448 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.