"Lion" yarim himoyachisi Ussem Auar faoliyatini Rimning "Roma" klubida davom ettirishi mumkin, deb yozmoqda RomaPress Twitter sahifasida.
Qayd etilishicha, 24 yoshli yarim himoyachi rimliklardan shartnoma taklifini kutmoqda. Uning "Lion" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi.
Joriy mavsum Auar Liga1'ning 6 ta o‘yinida 1 ta gol urdi.













