Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli 2-0 Monsa
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 21:00 As-Sadd - Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis - Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) - Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Qimmatlashayotgan yoshlar va o‘zini ko‘rsata olmayotgan yulduzlar. La liganing transfer bozoridagi o‘zgarishlar

Qimmatlashayotgan yoshlar va o‘zini ko‘rsata olmayotgan yulduzlar. La liganing transfer bozoridagi o‘zgarishlar

Baho:
+ | -

Yakuniga yetgan yil davomida Ispaniya La ligasida bir nechta iqtidorlar biz uchun kashf etildi. Tabbiyki, yaxshi o‘yin ko‘rsatgan yigitlarning transfer qiymati oshdi. Afsuski, ba’zi yulduzlar o‘z o‘yinini yo‘qotib qo‘ydi. Ularda esa paradoksal holat. Transfer narxi tushishi kuzatildi. Quyida La liganing transfer narxi oshgan va sezilarli darajada pasaygan futbolchilari haqida fikr yuritamiz. 

Orelyen Tchuameni – 90 million yevro (+ 50 million)

"Real Madrid" o‘tgan yozda "Monako"ning asosiy yulduzini 80 million yevroga sotib oldi. "Qaymoqranglilar" yarim himoya chizig‘ini yangilash vaqti kelgandi - va fransiyalik futbolchi "Manchester Yunayted"ga ketgan Kazemironing davomchisiga aylandi.

Orelyen tezda Kroos va Modrichlar safiga joylashdi. La Ligadagi 14 uchrashuvning 12 tasida futbolchi maydonga tushdi va ulardan faqat bittasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan. Tchuameni har bir o‘yinda o‘rtacha 2,3 ta zarba va 1,8 marta golli vaziyat yaratdi - bu jamoadagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Allaqachon yosh fransuz "Real Madrid"da Anchelotti tizimining muhim qismidir.

Gavi - 90 million (+ 50 million)

"Barselona" yarim himoyachilar haqida qayg‘urmasa bo‘ladi. Hozir jamoa markazida ijodkorlar bor - Pedri va Gavi. Birinchisi maydonning hamma joyiga ulguradi - u to‘p bilan dinamika yetarli bo‘lmagan joylarda o‘yinni boshqara oladi. Ikkinchisi ishonchlilikni oshiradi - pressingda ishlaydi va to‘p bilan katta hajmdagi ish beradi. Bundan tashqari, 2022 yilda 18 yoshli ispaniyalik "Golden Boy" mukofotini qo‘lga kiritdi - bu uning iste’dodining yana bir tasdig‘idir.

"Blaugranas" yoshlari Busketsni murabbiy sifatidagi va Xavi qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazishlari baxtiga muyassar, ikkalasi ham Barsa DNKsini o‘zlashtirgan va yarim himoyachi pozisiyasini o‘zida mujassam etgan.

Rodrigo - 80 million (+ 40 million)

21 yoshli braziliyalik vinger Madridning transfer ishlaridagi yutug‘i hisoblanadi. "Real" brazliyalik "iqtidorlar bozori"ni kuzatib boradi - ular yosh iqtidorlarni topadi va 18 yoshga to‘lganda jamoaga olib kelishadi. Bunday siyosatning so‘nggi misoli - Andrik. Rodrigo ham xuddi shunday tarzda Ispaniya grandiga kelgan.

Federiko Valverde - 100 million (+ 35 million)

Urugvaylik futbolchi "Real"da anchadan beri to‘p surmoqda, ammo endigina uning jamoa o‘yiniga ta’siri gollar va golli uzatmalar sonida namoyon bo‘la boshladi. Gap shundaki, Federiko hujumga yaqinlashdi - agar avvalgi mavsumda u markaziy yarim himoyachi sifatida o‘z pozisiyasida qolgan bo‘lsa va ko‘proq rotasiya o‘yinchisi bo‘lgan bo‘lsa, endi u tez-tez o‘ng qanot hujumchisi sifatida maydonga tushadi.

Markos Lyorente - 35 million (- 25 million)

"Real Madrid" tarbiyalanuvchisi "Atletiko Madrid"da mashxurlikka erishdi va 80 million yevroga baholandi. Ammo bu matraschilarning chempionlik mavsumi uchun mukofot bo‘ldi - va klubning hozirgi pasayishi futbolchilarning transfer qiymatida o‘z ifodasini topdi. Bosh murabbiy Diyego Simeone haqli ravishda madridliklar tarkibi "oltin" mavsum bilan solishtirganda o‘zgarmaganini, shuning uchun hozirgi natijalar uchun mas’uliyat murabbiyga yuklanganini to‘g‘ri ta’kidladi.

"Atletiko" yaqinda odatdagidek uchinchi o‘ringa qaytdi - ammo ular to‘rtinchi o‘ringa tushib ketishi mumkin. Yevropa musobaqalarida esa klub omadsiz ishtirok etmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, narxlarning bunday tushishini chempionatdan so‘ng normadan tashqari ob’ektiv darajaga qaytish va butun jamoaning so‘nggi o‘yini bilan bog‘lash mumkin.

Antuan Grizmann - 25 million (- 25 million)

Fransiyalik futbolchining bozor narxidagi asosiy pasayish uning "Barselona"ga o‘tganidan keyin sodir bo‘ldi - kataloniyaliklarning orzusi haqiqatda umidsizlikka aylandi, Antuan jamoada ildiz otmadi va o‘z jamoasiga qaytdi. Qaytgandan so‘ng, hujumchi o‘yinga kamroq vaqt ajrata boshladi - "matraschilar" 40 million yevroga majburiy sotib olish bandidan qochib, kichikroq summaga kelishib olmoqchi edi.

Shu bilan birga, Grizmann endi yana sermahsul - La Liganing 15 ta uchrashuvida 5 ta gol va 5 ta golli uzatma. Demak, mavsum yakunida 31 yoshli fransiyalik futbolchining narxi oshishini kutishimiz kerak.

Memfis Depay - 20 million (- 25 million)

Niderlandiyalik futbolchi "Barselona"da yo‘qolib qoldi - jarohati tufayli u liganing 8 o‘yinini o‘tkazib yubordi, biroq bungacha u to‘rtta o‘yinda zaxirada qoldi. U ikkita uchrashuvda qatnashdi: "Elche" darvozasiga gol urdi va "Kadis"ga qarshi samarali harakatlar ko‘rsata olmadi.

Yusuf En-Nesiri - 15 million (- 25 million)

JCH-2022da maydonga tushgan Marokash terma jamoasi futbolchilaridan biri En-Nesiri jamoa uchun gollari bilan emas, pressingdagi harakatlari bilan qadrli edi. Jahon chempionatining 7 uchrashuvida u faqat Kanada va Portugaliya darvozasiga gol urdi, ammo bu gollar g‘alaba to‘plari edi.

Ko‘zga ko‘rinmas qahramonlar odatda katta narx bilan baholanmaydi - bundan tashqari, Yusufning klub darajasidagi ham o‘yini ancha pastlagan. 

25 yoshli marokashning muammosi ham bosh murabbiyning klubni tark etgani, uning qo‘l ostida o‘zining eng yaxshi futbolini ko‘rsatganligidir. En-Nesiri Lopetegi qo‘l ostida 2020/21 yilgi mavsumda 18 ta gol urdi, ammo endi murabbiy "Vulverxempton"ni boshqaradi, hujumchi esa Xorxe Sampaoliga ko‘nikishi kerak bo‘ladi. Yoki Angliyaga yo‘l olishi kerak. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:24, 01.01.2023.
O'qildi: 5986 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.