Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Ronalduning yangi jamoasi «An-Nasr» haqida nimalarni bilamiz?

Ronalduning yangi jamoasi «An-Nasr» haqida nimalarni bilamiz?

Baho:
+ | -

Besh karra «Oltin to‘p» sohibi Krishtianu Ronaldu «An-Nasr» bilan shartnoma imzoladi va bu uni tarixdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirdi. Portugaliya terma jamoasi sardori 2022 yilgi jahon chempionatiga kelganida erkin agent edi va arab klubiga kamida 2025 yilgacha muddatda bo‘lgan mega shartnoma asosida qo‘shilishga rozi bo‘ldi. Ronaldu mavsumni «Manchester Yunayted» bilan Premyer-ligada boshladi va u yerda bitta gol urdi. Biroq, Pirs Morgan bilan bo‘lgan intervyu va Erik ten Xag tanqid qilingach, uning shartnomasi o‘zaro kelishuv asosida bekor qilindi. Ronalduni kelajakda nima kutmoqda? U qancha daromad oladi va nega «Yunayted»ni tark etdi? 

«Katta tarix yozilishiga yaqin turibmiz. Bu nafaqat klubimizni yanada katta muvaffaqiyatlarga erishishga ilhomlantiradi, balki ligamizni, millatimizni va kelajak avlodlarni, o‘g‘il-qizlarni eng yaxshi futbolchi oldida ilhomlantiradi. Krishtianu, yangi uyingga xush kelibsan!», — deyiladi klub rasmiy sahifasida.

Xo‘sh, «An-Nasr» qanday klub?

«An-Nasr» 2015 yilda tashkil topgan «Qirol Saud universiteti» stadionida o‘ynaydi. 2021 yili «Boka Xuniors» va «Barselona» o‘rtasidagi bahs aynan shu arenada bo‘lib o‘tgan. Stadion turli pop-konsertlarga mezbonlik qildi. «An-Nasr» sariq va ko‘k rangdagi liboslarda o‘ynaydi. Jamoani Rudi Garsiya boshqaradi, u avvalroq «Roma», «Marsel» va «Lion» klublariga ustozlik qilgan. Ronaldu endi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda joylashgan eng muvaffaqiyatli klublardan birida o‘ynaydi. 37 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni futbol piramidasining yuqori divizioni hisoblangan Pro-ligada ishtirok etadi. Ronalduning UYEFA Chempionlar Ligasidagi ishtiroki qorong‘u bo‘lib ko‘rinayotgan ersada, u Osiyodagi CHLda o‘ynashi mumkin.

«An-Nasr» tarixi, sovrinlar, sobiq futbolchilar

«An-Nasr» 1955 yilda tashkil topgan va kuboklar kabinetida Ronalduning sobiq klublariniki kabi yutuqlar to‘lib ketgan. Ular Premyer-liganing to‘qqiz chempionligi, olti marta Qirol kubogi, valiahd shahzoda kubogi, uch marta Federasiya kubogi va ikki marta Saudiya Arabistoni Superkubogini qo‘lga kiritgan. Klub o‘tgan safargi fors ko‘rfazi kubogida ikki marta g‘olib chiqdi va 1998 yilgi Osiyo kubok egalari kubogi va Osiyo Superkubogini qo‘lga kiritib, dubl qayd etdi. Bu ularni 2000 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga olib chiqdi, unda «Real Madrid»ga 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Ronaldu «An-Nasr»da o‘ynagan birinchi «Oltin to‘p» sohibi emas. Bolgariyalik afsonaviy Xristo Stoichkov 1998 yilda ikki o‘yinlik shartnoma asosida klubga kelib qo‘shildi va Osiyo Superkubogida yarim final va final uchrashuvlarida hal qiluvchi rolni o‘ynadi.

Ronalduning «Yunayted»dagi faoliyati tugashiga qisman UYEFA Chempionlar Ligasida o‘ynash istagi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinadi, ammo unga bu imkoniyatni beradigan klublardan takliflar tushmadi. Jamoadagi legioner futbolchilar anchayin mashhur. «Nissa», «Arsenal» va «Napoli» klublarining sobiq darvozaboni David Ospina muxlislar uchun eng tanish bo‘lgan ism, Luis Gustavo esa 2014 yilgi Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi safida muntazam o‘ynagan. Shuningdek, klub 2022 yilgi JCHda Braziliyaga qarshi o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritgan kamerunlik hujumchi Vinsent Abubakar bilan faxrlanadi. Braziliyalik Anderson Taliska bir necha yilni «Benfika»da o‘tkazdi va ispaniyalik Alvaro Gonsales Marselga ko‘chib o‘tishdan oldin o‘z vatanida «Vilyarreal»da o‘ynadi.

«MYU»da Krishtianu Ronalduga nima bo‘lgandi?

Ronaldu 2021/22 yilgi mavsum boshlanishidan oldin «Yuventus»dan hayratlanarli tarzda «Yunayted»ga qaytdi va Premyer-liganing 13 karra g‘oliblari uchun juda ko‘p gol urdi. «Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag joriy mavsum boshida Ronaldudan unumli foydalanmadi va «Tottenxem» ustidan qozonilgan g‘alabadan oldin «Old Trafford»ni bir o‘zi tark etganidan so‘ng u bilan ishlamasligini aytdi.

22 noyabr kuni «Yunayted» Ronaldu o‘zaro kelishuv asosida ketganini e’lon qildi va unga klubga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kiritildi: 16:42, 01.01.2023.
O'qildi: 2734 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.