"Chelsi" bosh murabbiyi Grem Potter "Monako" himoyachisi Benua Badiashilening bo‘lajak transferi haqidagi savolga javob berishdan qochdi.
"Kimdir menga rasman imzolanganini aytmagunicha, biror narsaga izoh berish axloqsizlik bo‘ladi", - deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
2 yanvar, dushanba kuni 21 yoshli fransiyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak, shundan so‘ng kelishuv rasman e’lon qilinadi. Himoyachi London klubi bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.
Fransiya 1-ligasining joriy mavsumida himoyachi 11 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.













