Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Ronaldu o‘zi xohlamagan holda ayrim futbolchilarning «oyog‘iga bolta urishi» mumkin

Ronaldu o‘zi xohlamagan holda ayrim futbolchilarning «oyog‘iga bolta urishi» mumkin

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu «An-Nasr»ga o‘tganidan keyin Saudiya Arabistoni klubi e’tiborni boshqa yulduz futbolchilar - Luka Modrich, Serxio Ramos, Ngolo Kante, Mauro Ikardiga qaratdi. Biroq, yangi transferlarni amalga oshirish unchalik oson bo‘lmaydi. Reglamentga ko‘ra, mahalliy jamoalar tarkibida yetti nafardan ortiq xorijlikning bo‘lishi taqiqlangan. Hozir «An-Nasr»da to‘qqizta legioner bor va ularning hammasi ham ketmoqchi emasdek.

Esingizda bo‘lsa, 31 dekabr kuni «An-Nasr»da Krishtianu Ronaldu transferini e’lon qilgan. Klubning ijtimoiy tarmoqlarida portugaliyalikning qo‘lida yettinchi raqam yozilgan yangi futbolkasi bilan tushgan surati paydo bo‘ldi. Jaloliddin Masharipov 2021 yildan beri «An-Nasr»da yettinchi raqamda to‘p tepmoqda. Saudiya Arabistoni klubi 29 yoshli vinger uchun «Paxtakor»ga 1 million yevro to‘lagan, ammo u umidlarni oqlay olmadi. Uning ko‘rsatkichlari bir necha bor pasayib ketdi va 2022/2023 yilgi mavsumda u asosiy tarkibga kirishni deyarli to‘xtatdi. Shunga qaramay, o‘zbekistonlik hujumchi portugaliyalik yulduzga yettinchi raqamni berishni istamadi va endi, insayderlarning fikricha, "An-Nasr" u bilan shartnomani bekor qilmoqchi yoki uni sotuvga qo‘ymoqchi. Shu bilan birga, klub prezidenti Musalli Al Muammar, SSC Sports xabariga ko‘ra, hammasini inkor etdi.

«Jaloliddinning o‘z raqamini almashtirishi uning omadsiz transferining natijasi bo‘ldi. Avvaliga hammasi haldek edi, lekin oxirida Masharipov birdan qolishni iltimos qildi. Ammo uning 7-raqami boshqa futbolchi uchun beriladi. Masharipov endi yangi raqamga ega. U 77-raqamli futbolkani mamnuniyat bilan qabul qildi», — klub prezidenti.

Aftidan, Jaloliddin Masharipov hech qachon 77-raqam ostida o‘ynamaydi - u David Ospina, Taliska, Gisleyn Konana, Piti Martines va Vinsent Abubakar bilan birga boshqa klubga sotilishi mumkin, deb yozadi SSC Sports.

«An-Nasr» o‘rtacha legionerlarni yulduzlar bilan almashtirishga qaror qilgandek tuyuladi. Ammo muammo bor - hammaning 2024 yoki 2025 yil yozigacha amal qiladigan shartnomasi bor. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Kiritildi: 20:26, 02.01.2023.
O'qildi: 5313 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.