Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"An-Nasr" endi Ikardi bilan shartnoma imzolamoqchi

"An-Nasr" endi Ikardi bilan shartnoma imzolamoqchi

Baho:
+ | -

Turkiyaning “Galatasaroy” klubida ijara asosida to‘p surayotgan “PSJ” hujumchisi Mauro Ikardi Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda TMW xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, Saudiya klubi Yevropada o‘zini ko‘rsatgan taniqli o‘yinchilarni qo‘lga kiritish orqali tarkibni kuchaytirishni davom ettirmoqchi. “An-Nasr” vakillari allaqachon Ikardining atrofidagilar bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan va futbolchi Saudiya Arabistoniga o‘tish ehtimoli haqida ijobiy fikrda.

Argentinaning "Nyuells Old Boys" jamoasi ham Ikardiga qiziqish bildirmoqda, ammo "An-Nasr" 29 yoshli hujumchiga yanada foydali shartnoma taklif qila oladi.

Joriy mavsumda Turkiya Superligasida 6 ta o‘yinda Ikardi 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 00:22, 03.01.2023.
O'qildi: 1349 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик