Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Ronaldu "An-Nasr"ga, Suares "Gremio"ga, Gakpo "Liverpul"ga - Allaqachon amalga oshirilgan qishning qaynoq transferlari

Ronaldu "An-Nasr"ga, Suares "Gremio"ga, Gakpo "Liverpul"ga - Allaqachon amalga oshirilgan qishning qaynoq transferlari

Baho:
+ | -

1 yanvar kuni top-5 ligalarda qishki transfer oynasi rasman ochildi. Bu degani jamoalar yangi transferlar orqali o‘z tarkibini yanada kuchaytirishi mumkin degani. Biz esa allaqachon amalga oshirilgan top transferlar haqida ma’lumot beramiz.

Krishtianu Ronaldu - "Manchester Yunayted"dan "An-Nasr"ga, bepul transfer

Pirs Morgan bilan shov-shuvli intervyudan so‘ng, Krishtianu va "Manchester Yunayted" shartnomani bekor qilishdi. Ronaldu "Real Madrid" bazasida mashg‘ulot o‘tkazdi, ammo "Oltin to‘p"ning 5 karra sohibiga faqat Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi taklif bilan chiqdi. Yaqin Sharqdagi mavsum davomida portugaliyalik yiliga 200 million yevro ishlab oladi (ulardan 90 millioni – kafolatlangan maosh, qolgani – reklama bonuslari).

Kodi Gakpo PSVdan "Liverpul"ga, 42 million yevro

Yurgen Klopp yana bir hujumchi sotib olib, mavsumni saqlab qolishga harakat qilmoqda. Jahon chempionati yulduzi va bu mavsumda samarali harakatlar amalga oshirish bo‘yicha Yevropaning yetakchilaridan biri 42 million yevroga sotib olindi, biroq bu summa bonuslarni hisobga olgan holda 50'ga yetishi mumkin.

David Datro Fofana – "Molde"dan “Chelsi”ga, 12 million yevro

"Chelsi"da ivuarlik hujumchi bo‘lishi kerak - Todd Bouli "Molde"ning 20 yoshli hujumchisi bilan shartnoma imzolaganida shunday deb o‘ylagan. Aytgancha, David Fofana “Oltin butsa” uchun kurashda 14-o‘rinda bormoqda. Hujumchi ijaraga berilishi haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo feyk bo‘lishi mumkin - Grem Potterda hujum chizig‘ida hozirda unchalik ko‘p imkoniyatlar yo‘q.

Mateus Kunya - "Atletiko"dan "Vulverxempton"ga, ijara

Bir necha mavsum avval "Vulverxempton" Premyer-ligadagi eng qiziqarli hujum juftligiga ega edi - Raul Ximenes va Diogo Jota juftligi ko‘p va chiroyli gollar urishardi. Ammo portugaliyalik "Liverpul"ga yo‘l oldi va Ximenes boshidan jarohat olganidan keyin o‘zining formasiga qayta olmadi. Yozda "bo‘rilar" Sasha Kalayjich yordamida muammoni hal qilishga harakat qilishgan, biroq u birinchi uchrashuvdayoq jiddiy jarohat olgandi.

Qishda ular Simeone bir yarim yil avval 30 millionga sotib olgan braziliyalik Mateus Kunyani "Atletiko"dan olib kelishdi. Bu mavsumda braziliyalik futbolchi "matraschilar" safida 17ta o‘yinda gol ura olmadi. Agar Kunya ma’lum shartlarni bajarsa, "bo‘rilar" 23 yoshli hujumchini 50 million yevroga sotib olishadi.

Luis Suares – “Nasyonal”dan “Gremio”ga, bepul transfer

Urugvaylik hujumchi olti oyni qiziqarli o‘tkazdi. U vataniga "Nasyonal" safiga qaytdi, terma jamoa bilan 2022 yilgi jahon chempionatiga yo‘l oldi va endi u Braziliyaning "Gremio"siga o‘tdi. U yerda uni yaxshi do‘st Lukas Leyva kutmoqda - ular "Liverpul"da birga o‘ynashgan.

Hozircha qishki transfer oynasida amalga oshirilgan eng yaxshi transferlar shulardan iborat. Transfer oynasi endigina ochilganini hisobga olsak, hali bu ro‘yxat yanada kattalashishi aniq.

Kiritildi: 22:30, 03.01.2023.
O'qildi: 2730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик