Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Endi Mbappe nomi ikki barobar yuqoriroq yangraydi. Akasi ortidan safarga chiqqan Etan Mbappe!

Endi Mbappe nomi ikki barobar yuqoriroq yangraydi. Akasi ortidan safarga chiqqan Etan Mbappe!

Baho:
+ | -

Jahon chempionati paytida klublar futboli to‘xtab qoldi - lekin to‘liq emas. Futbolchilar mashg‘ulotlarni olib borishdi va o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishdi. Ularning birida 16 dekabr kuni «PSJ» «Parij» bilan o‘ynadi (2:1). Uchrashuv Fransiya poytaxtidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Ooredoo mashg‘ulot markazida har biri 30 daqiqadan iborat ikki bo‘lim formatida bo‘lib o‘tdi. «PSJ» 16 va 52-daqiqalarda gol urdi. Nordi Mukiele va Ismael Garbi asosiy qahramonlarga aylanishdi.

45-daqiqada muhim voqea ro‘y berdi - Kilianning ukasi Etan Mbappe «PSJ» safida zaxiradan maydonga tushdi. Bu o‘yin o‘sha paytdagi 15 yoshli yarim himoyachi uchun debyut bo‘ldi, u 15 daqiqa o‘ynadi. Xo‘sh, kichik Mbappe haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Etan Mbappe Marko Verrattining davomchisimi?

Etan Mbappe 2006 yilda tug‘ilgan, 29 dekabr kuni 16 yoshga to‘ldi. Etan faoliyatini «Bondi»da boshlagan, biroq 2017 yilning yozida akasi ortidan «PSJ»ga o‘tgan. O‘tgan mavsumda kichik Mbappe 17 yoshgacha bo‘lganlar jamoasida o‘ynab, u yerda 15 ta o‘yin o‘tkazdi va 4 ta gol urdi. 2021 yilning yozida Etan «PSJ» bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va bu safar u 19 yoshgacha bo‘lganlar jamoasiga o‘tdi. Oktyabr oyida «PSJ»ning «Troya» ustidan qozongan g‘alabasidan (4:3) so‘ng, Etan Mbappe asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarda qatnashgan edi. U bosh murabbiy Kristof Galtye taklifiga binoan bazada ishladi. Marko Verratti va Vitinya yo‘qligi uning uchun ayni muddao edi. 56 yoshli mutaxassis kichik Mbappening qobiliyatini yuqori baholadi, u «PSJ» akademiyasining eng istiqbolli futbolchilaridan biri hisoblanadi.

 

Joriy mavsumda Etan UYEFA yoshlar ligasida debyut qildi, beshta o‘yin o‘tkazdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Kichik Mbappe o‘zining to‘pga bo‘lgan yaxshi nazorati, texnikasi va chap oyog‘idagi yetakchilik xususiyati bilan ajralib turadi. Etanni ko‘pincha Marko Verratti bilan solishtirishadi: u ham ajoyib hujumlarni rivojlantiradi va to‘pni himoya zonasiga mohirlik bilan tortib ketadi. «U «Troya»ga qarshi o‘yindan keyin ko‘pchilikning nazariga tushdi. U «PSJ» akademiyasining yangi yulduzi, u asosiy tarkibda ikki-uch yildan keyin porlashi kutilyapti. Asosiysi, bunday iqtidorni 2024 yilda, uning shartnomasi tugagach, yo‘qotmaslik kerak», - dedi «Le Parisien»  gazetasi jurnalistlari. Qiziq, Etan Kilian bilan birga asosiy jamoaga chiqiruv olishga ulguradimi? Mbappe va «Real Madrid» o‘rtasidagi mish-mishlar tobora ko‘paymoqda va uning ukasi endigina 15 yoshda ekanligini inobatga olsak, ular yaqin kelajakda birga maydonga tushishlari dargumon. Etan 2026 yilgi jahon chempionatida Fransiya terma jamoasida o‘ynash imkoniyatiga ega - musobaqa vaqtida u 19 yoshda bo‘ladi. Bu yoshda Kilian jahon chempioni bo‘ldi va keyingi sayyora chempionatida akasi bilan terma jamoada bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 20:08, 05.01.2023.
O'qildi: 2401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.