Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Bobur Abduxoliqov: «Istiqbolli klubni tanlayman, albatta...»

Bobur Abduxoliqov: «Istiqbolli klubni tanlayman, albatta...»

Baho:
+ | -

«Roma»dan ketishi kutilayotgan Eldor Shomurodov Yevropa top-5 chempionatlaridagi yagona vakilimiz hisoblanadi.

 Biroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir hujumchisi - Bobur Abduxoliqov ham eng kuchli ligalardan biriga o‘tish maqsadida bir necha klublar taklifini rad etmoqda. Bobur Abduxoliqov 2022 yilgi mavsumni Belarus chempionatining oliy ligasida «Energetik-BGU» tarkibida o‘tkazdi. Mavsum davomida 30ta uchrashuvda qatnashgan hamyurtimiz raqiblar darvozasini 26 marotaba ishg‘ol qilib, jamoasining chempionat kumush medaliga ega chiqishiga katta hissa qo‘shdi. Endilikda u o‘z imkoniyatlarini kuchli chempionatlarda sinab ko‘rmoqchi. Legionerimiz Belarus jurnalistlariga intervyu berib, rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

- «Energetik-BGU»da ajoyib mavsum o‘tkazdingiz. Bunday samaradorlikka sizni kim ilhomlantirdi?

- Kuniga ikki mahal mash­g‘ulot, istak va maqsad.

- Intervyulardan birida klubdan ketishdan oldin ming marta o‘ylab ko‘raman, degandingiz. Bu qarorga kelishingizga sabab bo‘lgan omil qaysi?

- Yaxshi chempionatda o‘ynashni istayman, maqsadim «top-5» ligalaridan biri, aynan mana shu orzu sari qadam tashlashning ayni payti, deb hisoblayman.

- Belarus klublaridan taklif bo‘ldimi?

- Yo‘q.

- Hozir faoliyatingizni davom ettirishingiz uchun variantlar bormi?

- Bor, Vengriya, Polsha, Turkiyadan takliflar bo‘lyapti.

- Kuchli beshlik chempionatlari jamoalardanchi?

- Turli klublardan bor.

- Pul yoki istiqbolli klub tanlovi yuzaga kelsa, qaysi birini tanlaysiz?

- Istiqbolli klubni tanlayman, albatta.

- «Energetik-BGU» muxlislariga yangi mavsum oldidan nimalar deya olasiz?

- Men ularga qo‘llab-quvvatlab turganlari uchun katta rahmat aytaman va ularni hamisha sog‘inib qolaman. Yangi mavsumda ham o‘zlari yaxshi ko‘rgan jamoani xuddi shunday qo‘llashda davom etishlarini so‘rab qolaman.

Bobur Abduxoliqovning rekordlari

To‘purar legioner - 26ta gol;

Mehmondagi gollar - 16ta;

Eng foydali legioner (gol+pas) - 32 ochko;

G‘alaba gollari (Roman Vasilyuk bilan birga) - 10ta;

Dubllar (Andrey Xlebosolov bilan birga) - 6ta.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:30, 05.01.2023.
O'qildi: 1911 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.