Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Ronalduning obro‘si FIFA qoidalarini-da chetlab o‘tishi mumkin, arab klubi uning tezkor debyuti uchun hamma narsaga tayyor

Ronalduning obro‘si FIFA qoidalarini-da chetlab o‘tishi mumkin, arab klubi uning tezkor debyuti uchun hamma narsaga tayyor

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Krishtianu «An-Nasr»dagi ilk o‘yinini qachon o‘tkazadi?

Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoniga ko‘chirilishi so‘nggi kunlarning muhim voqealaridan biriga aylandi. Portugaliyalik «An-Nasr» bilan shartnoma imzoladi, bu esa futbolchini munosib miqdorga boyitadi. Marca xabariga ko‘ra, Krishtianu har mavsum reklama shartnomalari bilan birga taxminan 200 million yevro daromad qiladi. To‘g‘ri, Krishtianu yangi klubi libosida qachon debyut qilishi hozircha aniq emas.

«An-Nasr»ning yangi yildagi ilk o‘yini 5 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Shu kuni Rudi Garsiya bosh murabbiyligidagi jamoani «Al-Tai» klubi bilan uchrashuv kutayotgandi. Daily Mail nashri o‘yindan bir kun oldin Ronaldu aniq maydonga tushmasligini ta’kidlagan. Gap shundaki, o‘tgan yilning oxirida portugaliyalik futbolchi bir muxlis bilan yuz bergan mojaro tufayli ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilingan. O‘tgan yili «Everton» bilan o‘yindan so‘ng (0:1) Krishtianu muxlisning qo‘lidagi telefonni turtib yuborgandi va buning uchun keyinchalik jazo oldi.

Angliya futbol assosiasiyasi hukm chiqarganidan beri Ronaldu hali klublar miqyosida birorta ham rasmiy o‘yin o‘tkazmagan. Noyabr oyida portugaliyalik jamoasiz qoldi - «Manchester Yunayted» Krishtianu bilan shartnomani bekor qildi. Bunday radikal qarorga futbolchining shov-shuvli intervyusi sabab bo‘ldi. Shu munosabat bilan portugaliyalik endi o‘z diskvalifikasiyasini Saudiya Arabistoni chempionatida bajarishi kerak.

To‘g‘ri, o‘sha manbaning ta’kidlashicha, «An-Nasr» bu masalani sinchiklab o‘rganmoqda. Ronaldu FIFA qoidalariga qaramay maydonga tushishi mumkin. Bu katta miqdordagi pul jarimasiga olib keladi, o‘z o‘rnida arab klubi ham bunday jiddiy qadamni tashlashga tayyor. To‘g‘ri, bu holatda sanksiyalar futbolchining o‘ziga tahdid soladi. «An-Nasr» vakillari bu masalani o‘rganish bilan shug‘ullanishdi.

Saudiya klubining 2023 yildagi ilk o‘yini boshqa kunga ko‘chirilgani qiziq. Saudiya Arabistoni poytaxtida og‘ir ob-havo sharoiti - kuchli yomg‘ir stadionning elektr ta’minotiga ta’sir qilishi mumkin. «An-Nasr» matbuot xizmati o‘yin 6 yanvar kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Tashkilotchilar barcha 28 ming chiptani sotishgan. Agar «An-Nasr» xo‘jayinlari FIFA qoidalarini buzmasa, u holda Krishtianu klubdagi debyutini faqat 21 yanvar kuni o‘tkazadi. Ammo bugun faxriy maydonga tushishi mumkin.

Kiritildi: 10:35, 06.01.2023.
O'qildi: 3090 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.