Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Qaysi chempionat kuchli: Qozog‘iston yoki O‘zbekiston? «Ordabasi»da o‘ynagan Odilbek Abdumajidov javob berdi

Qaysi chempionat kuchli: Qozog‘iston yoki O‘zbekiston? «Ordabasi»da o‘ynagan Odilbek Abdumajidov javob berdi

Baho:
+ | -

2022 yilgi mavsumni ijara asosida «Ordabasi»da o‘tkazgan, huquqiy jihatdan Bekobodning "Metallurg" klubiga tegishli bo‘lgan himoyachi Odilbek Abdumajidov sports.kz internet nashriga bergan intervyusida Chimkentdagi faoliyati borasida to‘xtalib o‘tdi.

Aytish mumkinki, o‘zbekistonlik futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, himoyada ishonchli o‘ynash bilan birgalikda jamoasining hujumdagi harakatlarida ham ishtirok etib turdi. U Qozog‘iston premyer-ligasida 4 marta tur ramziy jamoasiga kiritildi.

Hozirda Odilbek "Metallurg" safida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

— Odilbek, o‘tgan mavsum siz uchun qanday kechdi?
— Birinchi navbatda, barchaga — murabbiylar, o‘yinchilar, muxlislar va qolganlarga rahmat aytmoqchiman. Men uchun juda yaxshi yil bo‘ldi, alhamdulillah.

— Siz himoyada ishonchli o‘ynadingiz va hujumga ham samarali qo‘shilib, «Ordabasi» yetakchilaridan biri bo‘ldingiz. Nima uchun klubni tark etdingiz?
— Men u yerda ijarada o‘ynadim. Kelishuv yakuniga yetgach, "Metallurg"ga qaytdim.

— «Ordabasi» sizni o‘z safida olib qolishga harakat qildimi?
— Albatta, — ular jamoada qolishimni istashdi.

— Chimkent jamoasida moliyaviy muammolar borligi haqida gap-so‘zlar yurgandi. Sizga shartnoma bo‘yicha barcha pullarni to‘lab berishdimi?
— Klubda moliyaviy muammolar borligini sezmadim. Hammasini o‘z vaqtida berib kelishdi.

— Qozog‘istonning boshqa klublaridan ham takliflar tushdimi? Boshqa jamoalar e’tiborini ham tortgan bo‘lsangiz kerak.
— Bu haqda aniq ma’lumot menda yo‘q. Buni agentim yaxshi biladi.

— Agar moliyaviy shartlarni olib qaraydigan bo‘lsak, qaysi jamoada yaxshiroq: «Metallurg» yoki «Ordabasi»da?
— Men Qozog‘istonga o‘z darajamni namoyish etish uchun borgandim. U yerda ham, bu yerda ham deyarli bir xil.

— «Metallurg» sizni yana «Ordabasi»ga ijaraga berishi mumkinmi?
— Bu borada klub bilan kelishishim kerak, ammo katta ehtimol bilan buning imkoni bor. Hozir BAAda yig‘in o‘tkazish uchun jo‘nab ketyapmiz va u yerda 23 yanvarga qadar bo‘lamiz. Safardan qaytganimizdan keyin qaysi jamoada o‘ynashim aniq bo‘ladi.

— Chimkent shahri nimasi bilan yodda qoldi?
— Shahar menga yoqdi. Insonlari mehribon. U yerga juda tez moslashib oldim.

— Umuman olganda, Qozog‘iston chempionati haqida nima deya olasiz? Ijobiy va salbiy jhatlari?
— Qozog‘istonda ijobiy jihatlar ko‘p. Bu haqda to‘xtalib o‘tirishim shart emas. Buni barcha biladi. Salbiy tomoni — maydonlar yaxshi emas.

— «Astana» haqli ravishda oltin medallarni qo‘lga kiritdimi?
— Albatta. «Astana» haqli ravishda chempionlikni qo‘lga kiritdi. U Qozog‘istonning eng kuchli klubi.

— Mavsum-2022da qaysi o‘yinchilarni e’tirof etasiz?
— Bir o‘yinchini ajratib ko‘rsatish qiyin. Har bir jamoada yaxshi ijrochilar va yetakchilar bor.

— Himoyachi sifatida qaysi futbolchiga qarshi o‘ynash qiyin bo‘ldi?
— «Astana», «Qayrat» va «Kaspiy» safidagi texnikasi yuqori futbolchilarga qarshi o‘ynash qiyin bo‘ldi.

— Bizda Qozog‘iston va O‘zbekiston futbolini doimiy ravishda taqqoslab kelishadi. Qaysi chempionat kuchli va nima uchun?
— Texnik jihatdan O‘zbekiston, jismoniy jihatdan Qozog‘iston futboli kuchli.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:33, 06.01.2023.
O'qildi: 2442 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.