Kirish Ro'yxatdan o'tish

Klopp: "Gakpo "Liverpul"ning qiyinchiliklaridan xabardor edi"

Klopp: "Gakpo "Liverpul"ning qiyinchiliklaridan xabardor edi"

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujumchi Kodi Gakponing klubga o‘tishi haqida gapirdi.

"Bu yil biz Chempionlar ligasini kafolatlay olmaymiz, ammo Gakpo hech qachon buni so‘ramagan. Vaqti-vaqti bilan futbolchilardan: "Sizningcha, Chempionlar ligasiga chiqasizmi?", deb so‘rashadi.

Turnir jadvalini uning o‘zi ko‘radi. Kodi bu biroz qiyin qaror bo‘lishini bilardi. Biroq, menga yoqadigan jihati shundaki, u poyezdga sakrab tushishni emas, uni harakatga keltirmoqchi bo‘lgan yigit. Bu menga judayam yoqdi", - deya Kloppning so‘zlarini keltiradi "qizillar" matbuot xizmati.

"Liverpul" APLda 17 turdan keyin 28 ochko to‘plagan holda 6-o‘rinda, to‘rtinchi o‘rindagi "Manchester Yunayted"dan 7 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 10:18, 07.01.2023.
O'qildi: 1344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик