Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Nikola Stoshich: «Buxoro» Superligada ham jang qiladi»

Nikola Stoshich: «Buxoro» Superligada ham jang qiladi»

Baho:
+ | -

Bu jamoani muxlislar doim Superligada ko‘rishga odatlanib qolishgan. Klub qanday vaziyat bo‘lmasin, kim boshqarmasin doim Ligada o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelgan.

 O‘z vaqtida chempionatimizda kuchli to‘rtlikka kirgan (2016) va yetakchilarga muntazam bosh og‘riq bo‘la olgan jamoa uchun so‘nggi 4 yil sinovli kechdi, deya olamiz. Dastlab Pro ligaga tushib ketdi. Quyi ligadagi ilk urinish samarasiz kechdi. Uzoq vaqt o‘z suyuklilari ko‘z o‘ngida o‘ynolmadi. Nihoyat 2022 yilda ular Superliga missiyasini bajarishdi. Hakim Fuzaylov mamlakatimizdagi ketma-ket ikkinchi yilgi faoliyatida bu vazifani bajardi. Payqaganingizdek, gap «Buxoro» haqida ketmoqda. Odatda jamoaning biron muvaffaqiyatga erishishida murabbiylar tomonidan tanlangan futbolchilar ham muhim ahamiyat kasb etishadi. Seleksiya jarayonlariga ham ko‘p narsa bog‘liq. O‘tgan mavsumda «Ko‘hna shahar» jamoasi sharafini himoya qilgan serbiyalik posbon Nikola Stoshich nazarimizda chakki taassurot qoldirmadi. Kiper Hakim Fuzaylov bilan avval «Istiqlol» jamoasida faoliyat olib borgani o‘zaro ishlashda muammo tug‘dirmadi. Mavsum boshida tanqidlar, e’tirozlar bo‘lganiga qaramay o‘z o‘yinini ko‘rsata oldi. Stoshich Superligada ham «Buxoro» darvozasini qo‘riqlaydimi? Quyida posbon bilan suhbatda shu va boshqa savollarga javob olishingiz mumkin.

- Nikola kayfiyatlar qanday? Yangi yilni qanday qarshi oldingiz?

- Kayfiyatlar a’lo! Bayram nafasi butun mamlakatda kezib yuribdi. Yangi yilni Serbiyada oilam davrasida birgalikda kutib oldik. Fursatdan foydalanib barchaga sog‘­lik-salomatlik va yangi mavsumda muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Umid qilamanki, bu yil ham yutuqlarga boy o‘tadi.

- Superligada ham «Buxoro»da o‘ynaysizmi? Yangi muzokaralar o‘tkazildimi? Kelishuv qanday bo‘ldi?

- Bir necha kundan so‘ng «Buxoro»ning o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kelib qo‘shilaman. O‘ylaymanki, yangi kelishuv ikki tomon uchun ham foydali bo‘ladi. Superligada munosib qatnashishga umid bog‘laganmiz. Bu yo‘lda astoydil harakat qilamiz. Ortga chekinish yo‘q. Superligaga tushib ketish uchun qaytmaganmiz.

- Sizningcha elitaga g‘olib sifatida chiqish yoqimliroq edimi yoki 2-o‘rin bilan? Qay biri qadrliroq?

- Mavsum boshida oldimizga qo‘yilgan vazifani bajardik. Birinchi yoki ikkinchi o‘rin muhim emas. Asosiysi ikki yillik tanaffusdan keyin Superligaga qaytdik. Qolgan narsalar ahamiyatsiz. E’tibor bergan bo‘lsangiz, birinchi davradan so‘ng 2-o‘rindagi jamoadan 10 ochko ortda qolayotgandik. Kuzda esa «Turon»­ni quvib o‘tdik. Mehnatning qadrli onlari shu, deb o‘ylayman. Yo‘llanma osonlikcha qo‘lga kiritilmadi.

- So‘nggi turlarda darvozangizni ancha ishonchli qo‘riqladingiz. Vaholanki mavsum boshida sizga nisbatan tanqidlar ko‘p bo‘lgandi...

- Nafaqat futbolda, balki hayotda ham bunday holatlar uchrab turadi. Bunga normal qarayman. Chunki xato qilsangiz tanqid qilishni, har hil gaplarni boshlashadi. Hammasi yaxshi bo‘lsa olqishlashadi. Men bunday narsalarga e’tibor bermaslikka harakat qilaman va ko‘proq o‘z ustimda ishlayman.

- Superliga 2020 yildan beri ancha o‘sishga erishdi, intriga oshdi, jamoalar ma’lum bir darajada kuchaydi, chinakam raqobat muhiti yuzaga kelgan...

- Superligada har bir mavsum qiziqarli o‘tmoqda. Bu yilgisi ham avvalgisidan kam bo‘lmasligi aniq. 2022 yil chempionlik uchun 5ta jamoa kurash olib bordi, ochkolar orasidagi tafovut ham katta bo‘lgani yo‘q. Bu yil bundan ham ko‘proq jamoa kurashsa ajablanmayman. «Buxoro» Superligada jang qiladi, har bir o‘yinda oxirigacha kurashadi. Bugungi futbolda kuchsiz degan ibor yo‘q bo‘lib boryapti. Jahon chempionatini ko‘rdingizmi? Imkoniyati past baholangan terma jamoalar qanday natijalar ko‘rsatishdi. Oddiy misol Marokash... Har qanday raqibdan xavf kutadigan holga kelmoqda, futbol.

- Hakim Fuzaylov «Dinamo» va «Buxoro»da yaxshi jamoa shakllantirgandi. Biroq bu Pro ligada edi. Superligada ham raqobatga dosh beradigan jamoa tuzishiga ishonasizmi?

- Ha, albatta. Murabbiyga barcha ishonadi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ramiz. Imkon qadar ko‘p ochko jamg‘arsak qaysi o‘rinni olishimizni kuzda bilib olamiz. Yuqorida aytganimdek bugun oldindan biror narsa deya olmaysiz. Futbol shunisi bilan qiziq.

MA’LUMOT UCHUN:

NIKOLA STOSHICH

Tug‘ilgan yili: 1994 yil 15 mart, Belgrad, Serbiya

Pozisiyasi: darvozabon

Bo‘yi:1,84 sm.

O‘ynagan klublari: «Rad» (2009-2010), «Jeleznichar» (Bosniya va Gersogovina, 2012), «Srvena Zvezda» (Serbiya, 2012-2013), «Istiqlol» (Tojikiston, 2013-2020), «Tek Sloga» (Serbiya, 2021).

Abdulaziz YUSUPOV suhbatlashdi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:58, 07.01.2023.
O'qildi: 1088 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.