Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" Kopmeyners uchun taklif bilan chiqdi

"Liverpul" Kopmeyners uchun taklif bilan chiqdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" ushbu transfer oynasida yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. La Gazette Dello Sport xabariga ko‘ra, mersisaydliklar "Atalanta"ga hujumkor yarim himoyachi Tyon Kopmeynersni sotib olish bo‘yicha taklif bilan chiqishgan.

Manbaga ko‘ra, italyan klubi futbolchi bilan 40 million yevrodan kam pulga xayrlashishni rejalashtirmayapti. "Liverpul" futbolchi uchun qancha mablag‘ ketishidan xabardor va rahbariyat bu shartlarga rozimi yoki yo‘qmi hozircha aniqlanmagan. Bundan tashqari, britaniyaliklar Marokash terma jamoasi tarkibida Qatardagi jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatgan “Fiorentina” yarim himoyachisi Sofyan Amrabatga ham da’vogarlik qilmoqda.

Italiya A seriyasining joriy mavsumida Kopmeyners “Atalanta” safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi Niderlandiya terma jamoasi safida jahon chempionatida o‘ynadi va beshta uchrashuvda bittadan golli uzatma berdi.

Kiritildi: 21:28, 07.01.2023.
O'qildi: 1166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик