Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

La liga. «Vilyarreal» «Real»ni taslim etdi

La liga. «Vilyarreal» «Real»ni taslim etdi

Baho:
+1 | -

Ispaniya chempionatining 16-turi doirasida «Real» safarda «Vilyarreal» klubi mehmoni bo‘lib, juda og‘ir o‘yin o‘tkazdi.

Birinchi bo‘limda to‘p nazorati va vaziyatlar yaratish bo‘yicha ustunlik "Sariq suvosti kemasi" tomonida bo‘ldi. Kike Setyen shogirdlari ulardan foydalana olishmadi.

Ikkinchi bo‘limning debyuti esa mezbonlar uchun omadli keldi. Yeremi Pinoning zarbasidan keyin to‘p Mendiga tegib, to‘rga borib tushdi.

Oradan taxminan 10 daqiqa o‘tib hakam VAR yordamida "Vilyarreal" darvozasiga penalti belgiladi. To‘p himoyachining qo‘liga tegib ketgandi. Penaltini Benzema aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Oradan atigi 1 daqiqa o‘tib, bu safar mehmonlar darvozasi tomon penalti qo‘yildi. Mendi to‘pni uzatishda xatoga yo‘l qo‘ygani uchun "Vilyarreal" to‘pni egallab olib, "Madrid" jarima maydoniga kirayotganida to‘p Alabaning qo‘liga tegdi. Jerar Moreno aniq zarba bilan Kurtuani dog‘da qoldirdi.

Anchelotti bir nechta o‘zgarishlar qilib, vaziyatni o‘nglashga harakat qildi. Madridliklar xavfli vaziyatlar yaratishdi, ammo ulardan foydalanishda omad yetishmadi. Shuningdek, maydon egalari qarshi hujumlarda bir nechta vaziyatlarga ega bo‘shlishdi, biroq ular ham imkoniyatlarni ko‘kka sovurishdi.

Eng so‘nggi daqiqada esa "Real" burchak zarbasini amalga oshirgani uchun Tibo Kurtua raqib jarima maydoniga yetib keldi. Ammo to‘pni "Vilyarreal" futbolchilari egallab, hujumga o‘tib ketishdi. Danjuma esa 40 metrlardan bo‘sh darvozani ishg‘ol eta olmadi. To‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.

Shu tariqa, "Vilyarreal" muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z ochkolarini 30taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Real" esa muhim 3 ochkodan mahrum bo‘ldi.

Ispaniya La ligasi, 16-tur
Vilyarreal – Real Madrid 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 47 Pino, 1:1 – 60, penalti Benzema, 2:1 – 63, penalti Jerar Moreno.
Vilyarreal – Reyna, Foyt, Albiol, Pau Torres, Alberto Moreno (Pedrasa, 72), Koklen (Trigeros, 89), Parexo, Aleks Baena, Chukvueze, Pino (Morales, 81), Jerar Moreno (Dandjuma, 89).
Real Madrid – Kurtua, Militao, Alaba, Ryudiger, Mendi (Rodrigo, 64), Modrich (Kamavinga, 70), Kroos, Tchuameni (Vaskes, 64), Valverde (Asensio, 82), Benzema, Vinisius Junior.
Ogohlantirishlar: Pau Torres (16), Albiol (75), Aleks Baena (90), Reyna (90), Kamavinga (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:15, 07.01.2023.
O'qildi: 2450 marta.
Fikrlar: 149 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.