Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

"Ayaks" o‘n yil ichidagi eng yomon natijani qayd etmoqda

"Ayaks" o‘n yil ichidagi eng yomon natijani qayd etmoqda

Baho:
+ | -

Niderlandiyada chempionat bahslari davom ettirildi, o‘n beshinchi turda "Ayaks" NEK bilan safarda o‘ynadi. Uchrashuvning birinchi bo‘limidan so‘ng amsterdamliklar oldinda borayotgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda gol o‘tkazib yubordi va o‘yin durang bilan yakunlandi. Bu "Ayaks" uchun chempionatdagi qatorasiga to‘rtinchi g‘alabasiz uchrashuv bo‘ldi.

Ulardan uchtasi durang, yana bittasi mag‘lubiyat bilan yakunlangan. Jamoa 2012 yildan buyon bunday omadsiz seriyaga ega emas edi. Keyingi turda “Ayaks” Niderlandiya chempionati turnir jadvalidagi ta’qibchilaridan biri bo‘lgan “Tvente”ni o‘z uyida qabul qiladi. Ayni damda “Ayaks” ikkinchi, “Tvente” esa to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 03:02, 09.01.2023.
O'qildi: 1016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик