Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Qishning qaynoq transferlari hayron qoldirishda davom etmoqda

Qishning qaynoq transferlari hayron qoldirishda davom etmoqda

Baho:
+ | -

Jahon chempionatining yulduzlari yangi klublarga ketishmoqda. Amalga oshirilgan asosiy qishki transferlarga qisqacha to‘xtalamiz.

Kodi Gakpo, «PSV» → «Liverpul», 42 million yevro

Hozircha qishning asosiy kelishuvi. Gakpo uzoq vaqtdan buyon «PSV» jamoasida o‘ynab yurgan va hatto yozda «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin qolgandi, biroq kelishuv amalga oshmay qoldi. Ammo jahon chempionati hammasini o‘z o‘rniga qo‘ydi: Kodi Gollandiya terma jamoasini oxirigacha sudrab yurdi va tezda yangi klub topdi. «Liverpul» hujumkor o‘yinchilarning jarohati fonida 23 yoshli futbolchini maqbul miqdorda olish imkoniyatiga qarshi tura olmadi.

«PSV» uchun bu rekord sotuv, ingliz klubi uchun esa kelajakka umid bilan qadam qo‘yish bo‘ldi.

Benua Badyashil, «Monako» → «Chelsi», 38 mln yevro

«Chelsi» vakillari bu mavsumda eng ko‘p jarohat olishdi va endi ular yo‘qotishlarni qoplashga harakat qilmoqda. Klubga, jumladan, himoya markazida ham futbolchi kerak edi va bunga tezda yechim topildi. «Monako»dan 38 million yevro evaziga «Chelsi» bo‘yi ikki metrga yaqin 21 yoshli fransuzni o‘z safiga qo‘shib oldi. Badiashil yangi jamoasi safida Angliya kubogi doirasidagi o‘yinda «Manchester Siti»ga qarshi debyut qilishi mumkin edi, biroq murabbiylar shtabi yangi kelgan futbolchi haqidagi ilk taassurotni buzib qo‘yishni istamadi. «Chelsi» 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va Benua butun o‘yinni xotirjamlik bilan zaxirada o‘tkazdi.

Maksimilian Vyober, «Red Bull Zalsburg» → «Lids Yunayted», € 12 mln

«Lids» hali ham quyi ligaga tushib ketish zonasidan xavfsiz masofaga uzoqlasha olmayapti, shuning uchun qishda o‘yinni yanada kuchaytirish kerak. 24 yoshli Vyober bungacha «Ayaks» va «Sevilya» klublarida o‘ynagan. Avstriyadagi davr muvaffaqiyatli bo‘ldi va endi u oliy divizionda o‘z o‘rnini egallash uchun yangi imkoniyatni kutmoqda.

Xeronimo Ruli, «Vilyarreal» → «Ayaks», € 8 mln

Ushbu ro‘yxatdagi noyob futbolchi. Ruli Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioniga aylandi, biroq Qatarda bir daqiqa ham maydonga tushmadi. Bu vaqt davomida u Emiliano Martinesning soyasida o‘tirdi. Endi esa 30 yoshli darvozabon yangi sayohatga chiqishiga to‘g‘ri keladi.

Mislav Orshich, «Dinamo» Zagreb → «Sautgempton», € 6,8 mln

Ammo Orshich jahon chempionatida muntazam o‘ynadi. Oltita uchrashuvda «gol+pas» bo‘yicha 1+2 natija qayd etdi va bronza medali ko‘rinishidagi bonus. Bunday chiqishdan keyin futbolchilar ko‘pincha top-klublarga o‘tib ketishadi. Ammo Orshich allaqachon 30 yoshda va kamtarona «Sautgempton» hammadan ko‘ra qat’iyatliroq bo‘lib chiqdi. 7 million yevrodan kam summa va hozir jahon chempionati sovrindori Premyer-liga jamoasida o‘ynaydi.

Deyli Blind, «Ayaks» → «Bavariya»

Yanvar oyining eng sirli bitimlaridan biri. Mavsumning birinchi yarmida Blind «Ayaks»da o‘ynadi, keyin jahon chempionatiga yo‘l oldi va Qatardan qaytgach, Amsterdam klubi bilan shartnomani bekor qilish tashabbusi bilan chiqdi. 32 yoshli futbolchining jiddiy klubga yo‘l olishini hech kim kutmagan bo‘lsa kerak - OAV hatto uni kamtarona «Antverpen»ga o‘tishi mumkinligi haqida ham yozdi. Biroq Blind «Bavariya» bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma qisqa muddatli, mavsum oxirigacha, lekin baribir kuchli yondashuv!

Kiritildi: 17:51, 10.01.2023.
O'qildi: 5207 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.