Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Krishtianu «An-Nasr»ga o‘tgach, Messi Ronalduga tegishli qaysi rekordlarni yangilashi mumkin?

Krishtianu «An-Nasr»ga o‘tgach, Messi Ronalduga tegishli qaysi rekordlarni yangilashi mumkin?

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu Yevropadagi faoliyatini yakunlab, Saudiya Arabistoniga yo‘l olgach, shu paytgacha unga tegishli bo‘lib turgan ba’zi rekordlar "PSJ" forvardi Lionel Messi tomonidan yangilanishi mumkin. Ularni ko‘rib chiqamiz.

Yevropaning top-5 chempionatlaridagi gollar soni. Ronalduda — 696ta
Krishtianu bu gollarni "Manchester Yunayted", "Real" va "Yuventus" klublari safida urgan. Messida esa bu ko‘rsatkich — 695ta! Lionel atigi bitta gol ursa, bu rekordni takrorlaydi, agar 2ta ursa, mutlaq rekordchiga aylanadi. Argentinalik futbolchi Fransiya chempionatining 18-turi doirasida 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan «Anjer»ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi kutilmoqda. Rekord ertagayoq yangilanishi mumkin.

Yevropa chempionatlaridagi gollar soni. Krishtianuda — 701ta
Ronaldu "Sporting"dagi faoliyati davomida Portugaliya chempionatida 5ta gol urgan. Uni top-5 chempionatlaridagi gollariga qo‘shsak, 701taga yetadi. Bu rekord ham uzoq saqlanib qolmasa kerak. U katta ehtimol bilan joriy mavsumdayoq yangilanadi. Buning uchun Messi Liga-1 doirasida yana 7ta ursa — kifoya.

Chempionlar ligasidagi gollar soni. Ronalduda — 140ta
Messi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Krishtianudan 11ta golga ortda qolmoqda — 129ta gol. Leo Yevropada o‘ynab tursa, 2-3 yilda ushbu natijani ham yaxshilash imkoniyatiga ega.

Chempionlar ligasida golli uzatmalar. Krishtianuda — 40ta
Lionel ushbu natijani keyingi bahsdayoq yangilashi mumkin. Boisi, argentinalik futbolchida YECHLda 40ta golga assistentlik qilgan. Ammo parijliklarning 1/8 finaldagi raqibi — "Bavariya". Oson bo‘lmaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:08, 10.01.2023.
O'qildi: 4146 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.