Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Feliksning "Chelsi"ga o‘tishi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Feliksning "Chelsi"ga o‘tishi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Hujumchi Joau Feliks tez orada "Atletiko"dan "Chelsi"ga o‘tadi.

London klubi 23 yoshli portugaliyalik futbolchining ijara transferi borasida joriy mavsum oxirigacha kelishib oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ijara "ko‘klar"ga 11 million yevroga tushadi.

Jurnalist Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, dekabr oyida "Chelsi" Joau Feliks variantidan voz kechgan. Vaziyat so‘nggi 48 soat ichida bir nechta ichki uchrashuvlardan so‘ng, xususan, Grem Potter ishtirokidagi uchrashuvdan so‘ng o‘zgardi. Natijada "Chelsi" "Atletiko"ning shartlarini qabul qildi.

Qayd etilishicha, "Chelsi" Joau Feliksni sotib ololmaydi. Londonliklar bu bandni shartnomaga kirita olmadilar.

Kiritildi: 18:55, 10.01.2023.
O'qildi: 2044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик