Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi, endi u dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olinishi dargumon. Biroq, busiz ham afsonaviy portugaliyalik beshta «Oltin to‘p»ga ega. Ronaldu 2008, 2013, 2014, 2016 va 2017 yillarda eng kuchli futbolchiga aylangan.
Qoidaga ko‘ra, «oltin to‘p»ni yutish sharafiga muyassar bo‘lgan o‘yinchilar uning bir nusxasini o‘sha vaqtda o‘zlari to‘p tepgan klubiga topshiradi. Asl nusxasi esa shaxsiy kuboklar kolleksiyasi yoki muzeyida saqlanadi. Buni ko‘pchilik biladi, ammo 2017 yili Ronaldu g‘ayrioddiy ish qilgan: Krishtianu «Oltin to‘p»ni xayriya ishlariga topshirdi. U 2013 yilda qo‘lga kiritgan unvonining bir nusxasini xayrli ishga yo‘naltirdi. O‘sha yilgi haqiqiy «Oltin to‘p» Ronalduning Madeyra orolidagi shaxsiy muzeyida saqlanadi.
Londonda komik aktyor Devid Uolliams tomonidan uyushtirilgan tadbirda bir paytlar Isroilning eng boy odami hisoblangan tadbirkor Semmi Oferning o‘g‘li Idan Ofer Ronalduning kubogini 600 ming yevroga sotib olgandi. Ofer Krish kemalaridan birining egasi edi, lekin 2011 yilda vafot etdi, shundan so‘ng Idan va uning akasi otalarining shirkatini bo‘lishib olishdi va har biri o‘z kompaniyasini yaratdi. Forbes Idan Oferning boyligini 3 milliard yevroga baholamoqda. Tadbirkor shuningdek, dengiz transporti, avtomobilsozlik, tog‘-kon va neft qidiruvi bilan bog‘liq bir qancha kompaniyalarning aksiyalariga ham ega.
«Oltin to‘p»ni Oferga o‘sha paytdagi Ronalduning agenti Xorxe Mendesh topshirgan edi. Bu kimoshdi savdosi bo‘yicha aniqlangan. Bu mablag‘lar san’atkorlar, sportchilar, taniqli shaxslarda yig‘ilib, og‘ir xastaliklardan aziyat chekuvchi bolalarga yordam beradigan «Make a Wish» loyihasi uchun yo‘naltirilgandi.
«Oltin to‘p»da kimoshdi savdolari odatiy holdir. Ammo 2021 yilda bunga o‘xshash sovrinlarni «Real Madrid»ning afsonaviy futbolchisi Alfredo Di Stefanoga nisbatan ham uyushtirishgan. Ma’lumot uchun, u 1957 va 1959 yillarda «oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, tadbirda 2014 yilda 88 yoshida vafot etgan futbolchiga oid esdalik buyumlar ham namoyish etildi. Uning birinchi «Oltin to‘p»i 68 000 yevroga, ikkinchisi esa 61 000 yevroga sotilgan. "France Football" gazetasi Di Stefanoni barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi deb topdi, u ovoz berish jarayonida Yoxan Kroyff va Mishel Platinini ortda qoldirdi, shundan so‘ng u maxsus sovrinni qo‘lga kiritdi. Kimoshdi savdosida ushbu maxsus sovrin 212 000 yevroga sotildi.