"Chelsi" Angliya Premyer-ligasining ushbu mavsumida muammolar girdobiga tushib qolgan. 7-turning qoldirilgan o‘yinida londonliklar “Fulxem”ga imkoniyatni boy berib (1:2) turnir jadvalining 10-pog‘onasida qoldi. Ammo o‘yin ko‘proq natija bilan emas, balki "Atletiko"dan ijaraga olingan "ko‘klar"ning hujumchisi Joau Feliksning debyuti bilan esda qoladi.
23 yoshli futbolchi "Chelsi"ning asosiy tarkibida maydonga tushdi. U samarali harakatlari bilan gol ura olmadi – ammo 58-daqiqada qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Portugaliyalik futbolchi 2014 yildan beri ligadagi debyutida qizil kartochka olgan birinchi Premyer-liga futbolchisiga aylandi. Ammo klub bosh murabbiyi Grem Potter futbolchini qo‘llab-quvvatladi.
“Joau Feliks maydondan chetlashtirilguncha ajoyib o‘ynadi, uning darajasini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Bu shunchaki baxtsiz harakat edi, shuning uchun biz uni yo‘qotdik.
Premer-liga tarixida bundan ham dahshatli debyutlar bo‘lgan. Quyida biz mashxur futbolchilarning omadsiz debyutlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Saul Niges – “Chelsi”
Saulning "Chelsi"dagi birinchi o‘yini uning Londonda qisqa muddat qolishiga turtki bo‘ldi. 2021 yilning kuzida “Atletiko Madrid”dan ijaraga olingan ispaniyalik futbolchi “Aston Villa”ga qarshi bahsni tarkibda boshlagan edi.
Biroq, uning o‘yini shu qadar zaif ediki, "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel uni tanaffusdayoq almashtirishga qaror qildi. Saulning “Chelsi” libosida ilk bor paydo bo‘lishidan so‘ng muxlislar uni keraksiz futbolchi deb atashdi.
Patris Evra - "Manchester Yunayted"
Fransiyalik futbolchining "Yunayted"dagi faoliyati yakuniga ko‘ra, uning debyutini eslaydiganlar kam topiladi. Evra tezda o‘zini Premyer-ligadagi eng barqaror o‘yinchilardan biri sifatida ko‘rsatdi va "Old Trafford"da sakkiz yil davomida chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi.
Uning debyutidan keyin bunday natijani oldindan aytish juda qiyin edi. Evra o‘zining birinchi o‘yinida, 2006 yilda "Manchester Siti"ga qarshi derbida dahshatli o‘ynadi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u o‘yin boshlanishidan oldin qayt qilgan. Bunga sabab makaron va loviya diyetasi bo‘lgan, shuningdek, unga kunduzgi o‘yinlarda o‘ynash tajriba yetishmasligi ta’sir qilgan.
Jirvinyo - "Arsenal"
Ivuarlik vinger Joau Feliksni juda yaxshi tushunadi. 2011 yilda "Arsenal"da debyut qilgan Jirvinyo "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.
Jervinyo "Nyukasl" yarim himoyachisi Joi Bartonning provokasiyasi tufayli qizil kartochka oldi. Futbolchilar o‘rtasida mushtlashuv bo‘ldi, "kanonirlar” vakili qanot himoyachisiga o‘ng qo‘li bilan zarba berdi. Shundan so‘ng Jirvinyo darhol maydondan chetlatilgan edi.
Loran Koselni - "Arsenal"
“Arsenal”ning yana bir debyutanti, u ham birinchi o‘yinda maydondan chetlatildi. Koselni "kanonirlar"ning 2010/11-yilgi mavsumda "Liverpul"ga qarshi o‘yinida maydonga tushdi.
Fransiyalik futbolchi ikkita sariq kartochka olib, 90+5-daqiqada maydondan chetlatildi. Bundan tashqari, u ikkala ogohlantirishni ham asosiy vaqtdan keyin olgan edi. Uning baxtiga uchrashuv durang bilan yakunlandi - 1:1.
Tiago Silva – “Chelsi”
Tiago Silva 2020 yilda Angliyaga ko‘chib o‘tgan. Shunga qaramay, u “Chelsi”dagi debyutiga mutlaqo tayyor emas edi. "Vest Bromvich" bilan APLdagi ilk uchrashuvida braziliyalik futbolchi muvaffaqiyatsizlikka uchradi: tanaffusga qadar "ko‘klar" 0:3 hisobida mag‘lub bo‘layotgandi, lekin mo‘’jizaviy tarzda "Chelsi" ikkinchi bo‘limda uchta gol urib, uchrashuvni saqlab qoldi.
Hisob 2:3 bo‘lib turganida Silva almashtirildi. Ilk o‘yindagi bu qo‘rqinchli tush Silvaga ta’sir qilmadi, faqat uni g‘azabini keltirdi. O‘shandan beri u o‘zining eng yaxshi fazilatlarini ko‘rsatdi va mavsum yakunida "Chelsi" bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.