"Barselona" klubining sobiq prezidenti Xose Mariya Bartameu Lionel Messining jamoadan ketishi haqida gapirdi.
"Messini qo‘yib yuborish qarori xozirgi rahbariyatning tarixiy xatosi bo‘ldi. Men bu xatoga yo‘l qo‘ymas edim", - deya Bartameu so‘zlaridan iqtibos keltirgan Mundo Deportivo.
Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli argentinalik forvard 2021 yilda "ko‘k-anorranglilar" safini erkin agent maqomida tark etib, "PSJ"ga o‘tgan edi.