Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Ashurmatov: "Anchadan buyon kuchli ligada o‘ynashni orzu qilardim"

Ashurmatov: "Anchadan buyon kuchli ligada o‘ynashni orzu qilardim"

Baho:
+ | -

Mavsumlar oralig‘ida “Rubin” klubiga ko‘chib o‘tgan o‘zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov yangi jamoadagi dastlabki taassurotlari haqida klub matbuot xizmatiga gapirib berdi.

- “Rubin“ga o‘tishdagi birinchi his-tuyg‘ular shunchaki super. Anchadan beri kuchli ligada o‘ynashni orzu qilardim. Shunday ekan, “Rubin”ga kelganimdan juda xursandman. Yozda ular menga murojaat qilishgandi, ammo o‘sha paytda “Navbahor” bilan shartnomam borligi sababli Qozonga kela olmagandim.

- Yangi jamoada Sizni qanday kutib olishdi? Yig‘inning dastlabki kunlaridan qanday taassurotlar qoldi?

- Hammasi ajoyib bo‘ldi. Futbolchi va murabbiylardan bunday tarzda kutib olishlarini kutmagandim, juda yoqimli bo‘ldi. O‘zimni jamoada anchadan beri o‘ynayotgandek his qildim.

- “Rubin”da hamyurtingiz Umarali Rahmonaliyev ham bor. Moslashish borasida bir-biringizga yordam beryapsizlarmi? Jamoada yana kim bilan yaxshiroq tanishib oldingiz?

- Uni ham “Rubin”ga o‘tganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi. Albatta moslashish borasida bir-birimizga yordam beryapmiz. Umuman olganda “Rubin”da hamma bilan yaxshi munosabatdaman.

- Rossiyada havo ancha sovuq. Sovuqda o‘zingizni qanday tutasiz? Noldan past haroratlarda o‘ynashga tayyormisiz?

— O‘zbekistonda ham qishda sovuq bo‘lgani uchun ko‘nikkanmiz. To‘g‘ri, Rossiyada sovuqroq, lekin bunday sharoitda o‘ynash mumkin.

- O‘zingiz haqingizda gapirib bering. Qaysi pozisiyada o‘ynaysiz? Qanday kuchli tomonlaringiz bor?

- Markaziy himoyachiman. O‘ylaymanki, murabbiylar xizmatimdan shu pozisiyada foydalanishadi. Kuchli tomonlarim haqida gapirishim qiyin. Yaxshisi, bunga murabbiy va muxlislar baho berishsin.

- Joriy mavsumdagi maqsadlaringiz qanday?

- Albatta, Premyer-ligaga chiqish kerak. Bu borada jamoaga qo‘limdan kelgancha yordam bermoqchiman.

- Qozon haqida nimalarni bilasiz?

- Garchi shahar haqida ko‘p eshitgan bo‘lsamda, Qozonda birinchi marta bo‘laman. Bu juda go‘zal shahar va men u haqda ko‘proq bilishni xohlayman.

Kiritildi: 11:01, 15.01.2023.
O'qildi: 1949 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик