Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Bugungi “el-klasiko” oldidan statistik ma’lumotlar bilan tanishing

Bugungi “el-klasiko” oldidan statistik ma’lumotlar bilan tanishing

Baho:
+3 | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi “Qirol Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da Ispaniya superkubogi finalidan o‘rin olgan bahsda Madridning “Real” va Kataloniyaning “Barselona” klublari o‘zaro bellashadilar hamda butun dunyo muxlislari yangi yildagi ilk “el-klasiko” guvohiga aylanishadi.

Ko‘pchilikni mazkur jamoalar o‘rtasidagi qarama-qarshilikka oid statistik ma’lumot qiziqtirishini inobatga olgan holda, quyida shunga to‘xtalishga qaror qildik.

Bugungi “el-klasiko” hisob bo‘yicha barcha musobaqalardagi 285-hisoblanadi. Ortda qolgan 284 ta o‘yinning 117 tasida “Barselona” g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Real” hisobida 105 ta yutuq bor. 62 ta bellashuvda esa jamoalar o‘zaro murosa ko‘chasini tanlagan. To‘plar nisbati – 493-461, kataloniyaliklar foydasiga.

Eng ko‘p “el-klasiko” La-ligada kuzatilgan va Ispaniya milliy chempionatlarida “Real” hamda “Barsa” o‘zaro 185-marta to‘qnash kelgan. Ushbu o‘yinlarning 77 tasida madridliklar, 73 tasida esa “anorranglilar” zafar quchishgan. 35 ta bahsda esa durang hisobi qayd etilgan. To‘plar nisbati – 298 – 296, “Qirollik klubi” foydasiga.

Ispaniya superkubogi turnirida mazkur klublar shu kungacha 15 marotaba kuch sinashishgan. Bugungisi 16-to‘qnashuv bo‘ladi. Ushbu 15 ta uchrashuvdan 9 tasida “qaymoqranglilar” g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, kataloniyaliklar hisobida 4 ta yutuq bor. Yana 2 o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 33-20, “Real” foydasiga.

Kiritildi: 11:07, 15.01.2023.
O'qildi: 3203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик