Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Ten Xag: "Muxlislarimiz sovrinlarni orzu qilishlari mumkin, lekin biz emas"

Ten Xag: "Muxlislarimiz sovrinlarni orzu qilishlari mumkin, lekin biz emas"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik Ten Xag uning klubi muxlislari Premyer-liga chempionligini orzu qilishlari mumkinligini aytdi.

Shanba kuni "Manchester Siti" ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alaba evaziga "Yunayted" Premyer-ligada uchinchi o‘ringa ko‘tarilib, ikkinchi o‘rindagi jamoa bilan bilan oradagi farqni bir ochkoga qisqartirdi.

Ko‘pchilik buni “qizil iblislar”ning chempionlik poygasiga kirishganidan darak sifatida qabul qildi, biroq Ten Xag o‘z o‘yinchilari o‘z o‘yinini yaxshilashdan chalg‘ib qolishlarini istamaydi.

"Muxlislar chempionlik haqida orzu qilishlari mumkin, lekin biz emas. Biz oyog‘imizni yerga tegizishimiz va o‘yinimizda ko‘p narsa borligini tushunishimiz kerak.

Masalan, tanaffusdan so‘ng biz o‘yin nazoratini juda qo‘ldan chiqardik va gol o‘tkazib yubordik. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunga hojat yo‘q. Yuqori darajadagi futbolda mayda detallar juda muhim va biz buni saqlab qolish ustida ishlashiimiz kerak.

Biz qo‘shdik va bu aniq. Lekin hali oldinda uzoq yo‘l bor. Bizning o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak bo‘lgan ko‘p jihatlar bor, lekin biz rivojlanmoqdamiz va bu ham aniq.

Ikkinchi bo‘limni yaxshi boshlamadik. "Shaharliklar" nimanidir o‘zgartirib, bizga muammo yarata boshladi, bizda qiyinchiliklar bo‘ldi. Birinchi bo‘limdagi kabi o‘yin nazoratini qaytadan qo‘lga olishga harakat qildik.

Birinchi bo‘limda biz juda zo‘r edik, juda yaxshi himoyalandik va taktik intizomni saqladik. Biz juda zo‘r edik, juda faol edik, keyin esa qarshi hujumlar va imkoniyatlar uchun yaxshi imkoniyatlar yaratdik. Tanaffusda o‘zimni yaxshi his qildim. Biz hisobda oldinda bo‘lishimiz kerak edi", - dedi Ten Xag Sky Sports bilan suhbatda.

Kiritildi: 15:18, 15.01.2023.
O'qildi: 1847 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.