Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

Ronaldu nostalgiyaga berildi. Krish uchun eng yorqin o‘yinlar qaysi?

Ronaldu nostalgiyaga berildi. Krish uchun eng yorqin o‘yinlar qaysi?

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu faoliyatining yangi va ehtimol yakuniy bosqichiga kirdi. Endi besh karra «oltin to‘p» sohibi Saudiya Arabistonida o‘ynaydi. Portugaliyalik futbolchi hozir 37 yoshda va uning faoliyati qachon tugasa ham, futbol tarixidagi eng yorqin o‘yinchilardan biri bo‘lib qolaveradi.

Yaqinda Ronaldu asosiy sportdagi yo‘lini yana bir bor eslash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Krishtianu Live Score yutub kanaliga tashrif buyurdi va viktorinada ishtirok etdi, u yerda faoliyatidagi eng muhim o‘yinlarni taxmin qilishi kerak edi. Portugaliyalik vazifani uddaladi, lekin o‘yinlarni o‘z o‘rniga qo‘ymay sanadi. Quyida ularni e’tiboringizga havola etamiz.

Moskvadagi Chempionlar Ligasi finali

Chempionlar ligasi finali, 2008 yil 21 may
Manchester Yunayted 1:1 Chelsi (6:5 pen.)
Gollar: Ronaldu, 26 - 1:0, Lempard, 45 - 1:1.

«Chempionlar ligasi finali har doim o‘zgacha o‘yindir. Bunday paytlarda yurak urishi tezlashadi. Esimda, o‘shanda men hisobni ochgandim, ammo keyin penaltilar seriyasida Petr Chex mening zarbamni yuzi bilan qaytardi. Bir o‘yinda men uchta hissiyotni boshdan kechirdim: goldan keyingi baxt, o‘tkazib yuborilgan penaltidan keyingi qayg‘u va yakundagi g‘alabadan keyingi quvonch. Bu ajoyib va ​​men o‘sha o‘yinni juda yaxshi eslayman», — deya yodga oldi Krishtianu.

Yevrodagi g‘alaba

Yevropa chempionati finali, 2016 yil 10 iyul
Portugaliya - Fransiya - 1:0
Gol: Eder, 109 - 1:0.

«Moskvadagi Chempionlar ligasi finalida bo‘lgani kabi, his-tuyg‘ular bu yerda ham butunlay boshqacha. Baxt, qayg‘u va yana baxt. Birinchi daqiqalardanoq maydonga chiqdim va xursand bo‘ldim, keyin jarohat olib, maydonni yig‘lab tark etdim. Keyin yechinish xonasida nervlarim ishlamay qolgandek tuyuldi, tizzam shishib ketdi. Shunchaki ishonib bo‘lmas og‘riqlar.

Bu mening faoliyatimdagi eng muhim sovrindir. Siz oilangiz va do‘stlaringiz orasida o‘sib ulg‘aygan futbolchi va ota sifatida mamlakatingiz uchun nimadir yutib berishingiz kerak edi va men buni uddaladim», — dedi Krish.

«Decima» - Real Madrid

Chempionlar ligasi finali, 2014 yil 24 may

Real Madrid 4:1 Atletiko Madrid

Gollar: Godin, 36 - 0:1, Ramos, 90+3 - 1:1, Beyl, 110 - 2:1, Marselo, 118 - 3:1, Ronaldu, 120 (pen.) - 4:1.

«Ajoyib xotiralar, qo‘shimcha ravishda o‘sha uchrashuv Lissabonda bo‘lgan. Mening oilam va boshqalar xursand bo‘lishdi. Chempionlar ligasi finalida o‘z mamlakatingizda o‘ynash - bu alohida hissiyotlarni taqdim etadi. O‘sha o‘yin xotiralari menda abadiy qoladi. «Real Madrid»ga o‘tgach, Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish - bu qandaydir yoqimli eyforiya ekanligini darhol his qilasiz. Muxlislar har doim faqat bu haqida o‘ylashadi. Avvaliga kubokni olishga ulgurmadik, yildan-yilga bosim kuchayib boraverdi. Va keyin 10-g‘alaba «decima» yuzaga keldi», — deydi Ronaldu.

Jahon chempionatidagi xet-trik

JCH-2018 guruh bosqichi, 2018 yil 15 iyun
Portugaliya – Ispaniya – 3:3
Gollar: Ronaldu, 4 (pen.) - 1:0, Kosta, 24 - 1:1, Ronaldu, 44 - 2:1, Kosta, 55 - 2:2, Nacho, 58 - 2:3, Ronaldu, 88 - 3:3.

«Men yana maxsus o‘yin haqida gapirishni xohlayman, bu haqiqatan ham shunday ajoyib lahzalarni bera olgan. Ispaniyaga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etganinimni tasavvur qiling-a! Fransiyami, Germaniyami, farqi yo‘q. Hatto autsayder bo‘lsa ham! Jahon chempionatida boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Bunday voqealar, ayniqsa, biz uchta gol urganimizdan keyin xotiradan chiqmasligi aniq», — qo‘shimcha qildi KriRo.

Sporting uchun birinchi gol

Portugaliya chempionati, 2002 yil 7 oktyabr
Sporting 3:0 Moreyrense
Gollar: Kutuzov, 30 - 1:0, Ronaldu, 34 - 2:0, Ronaldu, 90 - 3:0.
«Birinchi golim alohida ahamiyatga ega edi va «Sporting» hali ham yuragimda qoladi. Ajoyib xotiralar. Aytgancha, gol juda yaxshi bo‘ldi. Men endigina 17 yoshda edim», — dedi Ronaldu.

"Real Madrid" bilan ikkinchi Chempionlar ligasi

Chempionlar ligasi finali, 2016 yil 28 may
“Real Madrid” 1:1 “Atletiko Madrid” (5:3 pen.)
Gollar: Ramos, 15 - 1:0, Karrasko, 79 - 1:1.

“Chempionlar ligasidagi g‘alabalar xotiramda abadiy saqlanib qolgan. Atmosfera, kunning o‘zi, oiladagi kayfiyat, jamoadoshlar, o‘yindan oldingi kecha. Final haqida o‘ylaganingizda bularning barchasi esga tushadi. Bu ajoyib. O‘sha finalda men seriyadagi g‘alabali penaltini amalga oshirdim, futbolkamni yechib tashladim".

"Yuventus" bilan birinchi sovrin

Italiya Superkubogi, 2019 yil, 16 yanvar
“Yuventus” – “Milan” – 1:0
Gol: Ronaldu, 61 - 1:0.

«O‘sha uchrashuvni juda yaxshi eslayman, chunki bu mening hayotimdagi yangi sarguzasht edi. “Real Madrid”dagi 9 yillik faoliyatimdan so‘ng, 33 yoshimda “Yuventus”ga, Italiya chempioni safiga o‘tdim. "Milan" bilan o‘yinda esa jamoa bilan birinchi sovrinni qo‘lga kiritdim.

Kubokni qo‘lga kiritganingizda, bu har doim ajoyib lahzadir, chunki mavsum davomida siz nimanidir yutish, mazmunli narsaga erishish uchun boringizni berasiz. Eng muhimi - gollar, deyish oson. Ammo men kuboklarni yuqoriga qo‘yaman - ular uchun biz kurashamiz, mashq qilamiz va ko‘p vaqt ajratamiz. Yangi jamoadagi birinchi chempionlik haqida gap ketganda, bu o‘zgacha vaziyatdir», — deya yakunladi Ronaldu.

Kiritildi: 21:36, 15.01.2023.
O'qildi: 1696 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.