Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

"Chelsi"ning yangi a’zosi Mixail Mudrik "Real" muxlislarini "Bernabeu"da hayratda qoldirganini bilasizmi?

"Chelsi"ning yangi a’zosi Mixail Mudrik "Real" muxlislarini "Bernabeu"da hayratda qoldirganini bilasizmi?

Baho:
+ | -

"Chelsi" Mixail Mudrikni 70 million yevro va qo‘shimcha to‘lovlar uchun 30 million yevro evaziga sotib oldi.

Ukrainalik yarim himoyachi dunyoning eng iqtidorli yosh futbolchilaridan biri hisoblanadi. Ba’zilar uni "yangi Neymar" deb ham atashadi.

22 yoshli futbolchi faoliyati davomida “Real”ga qarshi 4 marta maydonga tushgan. O‘yinlarning biridan so‘ng Mudrikni “Santyago Bernabeu”da “Real” muxlislari hatto olqishlashdi.

Bu 2021 yilda Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi o‘yinda edi. Qanot hujumchisi o‘sha o‘yinda Dani Karvaxal va Kazemironi qiynab qo‘ydi, ammo gol ura olmadi. Shunga qaramay, butun stadion u o‘zgartirilayotganda ukrainalikni qarsaklar bilan kuzatib qo‘ydi.

"Bernabeu"da olqishlarga sazovor bo‘lgan Mudrik Andres Inyesta (La Liga, 2015 yil noyabr), Ronaldinyo (La Liga, 2005 yil noyabr) va Diyego Maradona (Kopa del Rey finali, 1983 yil) safiga qo‘shildi. Ularning barchasi “Santyago Bernabeu”da olqishlar olgan.

Hatto “Bernabeu”da 15 ta gol urgan Leo Messiga ham bunday sharaf nasib qilmagan.

Futbolchi “Shaxtyor” safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Mudrikda ajoyib iste’dod borligi aniq bo‘lsa-da, uning "Bernabeu"da muvaffaqiyat qozonishini tasavvur qilish qiyin.

Kiritildi: 22:48, 15.01.2023.
O'qildi: 2101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.