Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Bekzod Abdurahmonov yana «Harvard»da faoliyat olib boradi

Bekzod Abdurahmonov yana «Harvard»da faoliyat olib boradi

Baho:
+ | -

Erkin kurash bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov AQSHning dunyoga mashhur «Harvard» universitetida faoliyat olib boradi. Bu haqida sportchimizning o‘zi ma’lum qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, hamyurtimiz qit’a va jahon chempionati, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari, ulardan oldin tashkil etiladigan asosiy yig‘inlardan tashqari davrda mazkur universitetda ish olib boradi.

“Avval ham «Harvard» bilan ishlaganman. Mening u yerdagi asosiy vazifam murabbiylik. Universitet talabalariga erkin kurashdan saboq beraman, turli musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishlarida yordamlashaman. Shu bilan birga terma jamoadagi faoliyatimni ham davom ettiraman. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, yirik musobaqalar oldidan vatanimiz sharafini himoya qilish uchun terma jamoa ixtiyorida bo‘laman”, – dedi Bekzod Abdurahmonov.

Ma’lumot uchun, kurashchimiz 2014-2015 yillarda ham «Harvard»da faoliyat olib borgan. Mazkur universitet ayni paytda jahonning eng yaxshi 5 oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:26, 16.01.2023.
O'qildi: 986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик