Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Varan futbolchilar Ten Xangning talablarini tushuna boshlaganini aytdi

Varan futbolchilar Ten Xangning talablarini tushuna boshlaganini aytdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagning fikrlarini yaxshiroq tushuna boshlaganini aytdi.

"Endi biz o‘zimizni "Manchester Siti"ga qarshi o‘tgan o‘yinga qaraganda ancha yaxshi his qilyapmiz. Erik ten Xag nimani xohlashini va buni qanday qilishni istayotganini yaxshiroq bilamiz. Biz bu jamoaning rivojlanishini ko‘rib turibmiz. To‘liq o‘yinni yuqori saviyada o‘tkazdik. Biz juda xursandmiz.

Premyer-ligadagi har bir o‘yinning shiddati aql bovar qilmaydi. Bu Chempionlar ligasidagi yirik o‘yinlarga juda o‘xshaydi. Ritm juda yuqori. Ligadagi futbolchilar jismonan yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgan. Biz g‘alaba qozonish qanchalik qiyinligini bilamiz", - deya Varanning so‘zlarini keltiradi "Manchester Yunayted" rasmiy sayti.

20-turdan so‘ng “Manchester Yunayted” 38 ochko bilan APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 13:04, 17.01.2023.
O'qildi: 1652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик