Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Karrasko "Barselona" o‘tishga harakat qilyapti

Karrasko "Barselona" o‘tishga harakat qilyapti

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Yannik Karrasko kataloniyalik hujumchi Memfis Depayni Madridga o‘tkazish bo‘yicha kelishuv doirasida “Barselona”ga o‘tishga rozi bo‘ldi, deya xabar beradi GOAL.

Oldinroq niderlandiyalik hujumchi "Atletiko" bilan shartnoma bo‘yicha kelishib olgani va belgiyalik yarim himoyachi "Barselona"ga o‘yinchi almashishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Nashrning yozishicha, Madrid klubi rahbariyati Karrasko bilan xayrlashmoqchi emas, chunki ular uni jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri deb bilishadi.

Belgiyalik futbolchining "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda 29 yoshli yarim himoyachi “matraschilar” safida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra futbolchining narxi 30 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 21:03, 17.01.2023.
O'qildi: 1958 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.