Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Lui van Gal «Manchester Yunayted» haqida: «Dunyoning eng boy klubida ishlab, o‘zim istagan transferlarni amalga oshira olmaganman»

Lui van Gal «Manchester Yunayted» haqida: «Dunyoning eng boy klubida ishlab, o‘zim istagan transferlarni amalga oshira olmaganman»

Baho:
+ | -

Niderlandiyalik murabbiy Lui van Gal «Manchester Yunayted» unga o‘zi xohlagan futbolchilarni xarid qilmagani haqida gapirdi.

«Bu qoyilmaqom. Men dunyoning eng boy klubida ishlab turib, o‘zim istagan transferlarni amalga oshira olmaganman.

‘Manchester Yunayted’ — faoliyatimdagi eng qiyin davr bo‘lgan. Men u yerga menejer bo‘lish uchun borgandim, lekin hafsalam pir bo‘lgan. Ko‘plab futbolchilarning yoshi 30 dan baland edi. Bu bilan shug‘ullanishim kerak edi. Runi ham 30 yosh atrofida edi» — deydi Niderlandiya sobiq ustozi o‘zi haqidagi hujjatli filmda Ueyn Runi bilan suhbatda.

Mankunianliklarning sobiq hujumchisi: «Juda xafa bo‘lganman, chunki barchasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgandek ko‘ringandi. Sizga yana bir yil imkon berilganidan, muvaffaqiyatga erishishimiz mumkin edi», — deydi mutaxassis.

Lui van Gal davrida «Manchester Yunayted» Mats Hummels, Serxio Ramos, Sadio Mane, Tomas Myuller va Robert Levandovski bilan shartnoma imzolay olmagan.

Niderlandiyalik mutaxassis klubdagi 2 yili davomida 13 nafar futbolchi olib kelingan, xususan 2014 yilda Anxel di Mariya uchun 59,7 million, keyinchalik Antoni Marsyal uchun 58 million yevro sarflangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:29, 18.01.2023.
O'qildi: 966 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик