Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Oxirgi kunlarning asosiy transferlari

Oxirgi kunlarning asosiy transferlari

Baho:
+ | -

Yevropada qishki transfer oynasi deyarli uch haftadan beri ochiq. So‘nggi kunlarda bir nechta muhim tranzaksiyalar amalga oshirildi. "Chelsi" allaqachon katta pul sarfladi va "Manchester Yunayted" hujum chizig‘ini kuchaytirdi. Keling, haftaning asosiy transferlari haqida gaplashamiz.

Mixail Mudrik: “Shaxtyor” → “Chelsi” (70 mln yevro)

Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan o‘tish. Uning transferi londonliklarga 70 million yevroga tushdi, yana 30 million yevro bonus sifatida taqdim etiladi. Mudrikning o‘zi esa haftasiga 109 ming yevro maosh oladi.

"Shaxtyor" bosh direktori Sergey Palkinning so‘zlariga ko‘ra, bonuslar Premyer-liga va Chempionlar ligasida yaqin yillardagi ehtimoliy g‘alabalar bilan bog‘liq. Aytgancha, Mudrikning transferi tarixdagi eng qimmat qishki transferlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Vout Vegxorst: "Byornli" → "Manchester Yunayted" (ijara)

Bir yil avval “Byornli” hujumchini “Volfsburg”dan 17,5 million yevroga sotib olgandi. Nemis klubida futbolchi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi (144ta o‘yinda 70ta gol), lekin ochig‘i, Angliyada bu ish bermadi. “Byornli”dagi yarim mavsum davomida Vegxorst atigi ikki marta gol urdi va klub uni “Beshiktosh”ga ijaraga berdi. U yerda futbolchi 2022/2023 yilgi mavsumning birinchi yarmini o‘tkazdi (18 o‘yinda 9 ta gol) va endi Premyer-ligaga qaytdi.

"Manchester Yunayted" JCH-2022 chorak finalida porlagan va argentinaliklarga ikkita gol urgan baland bo‘yli hujumchini ijaraga oldi. Vegxorstga “Kristal Pelas” bilan o‘yinda asosiy tarkibdagi (1:1) joy ishonib topshirildi.

Joau Feliks: "Atletiko" → "Chelsi" (11 million yevroga ijara)

Oylik to‘lovlar bo‘yicha futbol tarixidagi eng qimmat ijara. "Chelsi" nafaqat ijara uchun munosib pul to‘lagan, balki futbolchining maoshi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni ham o‘z zimmasiga olgan. Shu tariqa, Premyer-liga klubi har oyda har bir futbolchi uchun 1,9 million yevro sarflaydi va bu rekord ko‘rsatkichdir.

Feliks allaqachon yangi klubda debyutini o‘tkazgan va buni hamma esda qoladigan tarzda amalga oshirdi. Portugaliyalik futbolchi “Fulxem”ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi (1:2), 58-daqiqada esa qizil kartochka oldi.

Yan Zommer: "Borussiya M" → "Bavariya" (8 mln yevro)

Myunxen klubi yangi darvozabon qidirayotgan edi, chunki Manuel Noyer mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi. Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni ta’til paytida oyog‘idan og‘ir jarohat oldi. 34 yoshli Zommer nihoyat Yevropaning top-klubida o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Bildning ta’kidlashicha, Zommer kelajakda Noyer bilan raqobatlashishni istamasa, "Bavariya"ni tark etish huquqiga ega bo‘ladi. Shveysariyalik esa "Bavariya" tarixida Germaniya fuqaroligiga ega bo‘lmagan to‘rtinchi darvozabon bo‘ldi.

Ruslan Malinovskiy: “Atalanta” → “Marsel” (10 million yevroga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga)

Yana bir ukrainalik futbolchi hafta davomida klubini almashtirdi. Malinovski "Atalanta"da uch yarim yilini o‘tkazdi va o‘zining kuchli chap oyoq zarbalari bilan yodda qoldi. Bu mavsumning birinchi yarmi Ruslan uchun oson kechmadi. U 15 uchrashuvda atigi bitta gol urdi va asosan zaxiradan maydonga tushdi.

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, unga Angliyadan qiziqish bo‘lgan. Ammo u “Marsel”ning taklifiga darhol ijobiy javob berdi. Malinovskiy fransuz klubiga o‘tishni faoliyatidagi katta qadam deb atadi.

Pablo Sarabia: “PSJ” → “Vulverxempton” (5 mln yevro)

Mavsumning birinchi yarmi ispaniyalik hujumchi uchun omadsiz chiqdi. U barcha musobaqalarda 19 ta o‘yin o‘tkazib, bitta ham gol urmadi. Endi Pablo o‘zini Premyer-ligada sinab ko‘radi. Transfermarkt futbolchining bozor narxini 20 million yevro deb hisoblaydi, biroq “PSJ” uni to‘rt baravar arzonga sotdi.

Kiritildi: 13:59, 20.01.2023.
O'qildi: 3882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.