Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Futbol afsonasi qamoqqa tushadimi, Dani Alves nimada ayblanmoqda?

Futbol afsonasi qamoqqa tushadimi, Dani Alves nimada ayblanmoqda?

Baho:
+ | -

Hammasi 1 yanvar kuni boshlandi. Ispaniya ommaviy axborot vositalarida Dani Alvesning yangi yilga qanday tayyorgarlik ko‘rgani haqida turli xil xabarlarni tarqatdi. Kataloniya polisiyasiga bir qiz ariza bilan murojaat qilgan va 30 dekabr kuni tungi klubda braziliyalik futbolchi unga tegajog‘lik qilmoqchi bo‘lganini aytgan.

Bir necha kundan keyin Alves barcha ayblovlarni rad etdi. Ammo tergov davom etdi. Antena3 xabariga ko‘ra, Alves zo‘ravonlik aybdori sifatida hibsga olinishi mumkin. Sud esa tergov jarayonida unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlaydi.

Tungi klubda nima bo‘lgan edi?

1 yanvar kuni ABC portali polisiyaga murojaat qilgan qizning ko‘rsatmalari tafsilotlarini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kataloniyadagi ziyofatda Alves begona qizga tegina boshlagan. Qiz bu haqda o‘rtoqlariga aytgan va ular avval qo‘riqchilarga, keyin polisiyaga murojaat qilishdi.

ABC manbalarining ta’kidlashicha, xavfsizlik xizmati voqea haqida ma’lumot olganida, qiz va uning do‘stlari xavfsiz joyga ko‘chirilgan va tez orada polisiya klubga yetib kelgan. Biroq voqea sodir etgani taxmin qilinayotgan shaxs o‘sha vaqtga kelib muassasani tark etgan. O‘sha kuni Alvesning atrofidagilar ABC orqali ta’qiblar faktini rad etishdi. Ularning xabar berishicha, futbolchi haqiqatan ham qisqa vaqt davomida klubda bo‘lgan, lekin hech kimni xafa qilmagan.

5 yanvar kuni Alvesning o‘zi bayonot berdi:

“Ha, men o‘sha joyda boshqa odamlar bilan birga bo‘lganman va bundan zavqlanganman. Meni taniganlar raqsga tushishni yaxshi ko‘rishimni biladi. Men boshqa odamlarning shaxsiy hududiga kirmasdan raqsga tushdim, zavqlandim. Bu ayol kimligini bilmayman.

Men hech qachon birovga tajovuz qilmaganman. Men buni qiz yoki ayol bilan qanday qila olaman? Yo‘q, tavba qildim”, - degan futbolchi.

Alvesning rafiqasi eri bilan birdam. Ammo buning oqibatidan unchalik tashvishlanmaydiganga o‘xshaydi

Antena3 xabariga ko‘ra, 20 yanvar kuni Alves polisiya bo‘limiga so‘roq uchun kelishi kerak. Shundan so‘ng u hibsga olinishi mumkin. Sud esa unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlaydi.

Nashrning yozishicha, tergovda Alves bir necha qiz yaqinlashgani aks etgan videoyozuv mavjud. Shundan so‘ng, o‘yinchi va ulardan biri hojatxonaga boradi. Videoning boshqa tafsilotlari noma’lum.

Qizig‘i shundaki, davom etayotgan jarayon tufayli Alves “Pumas “ga qayta olmaydi. Jamoa mahalliy liganing kuchli va asosiy o‘yinlarini, asosiy yulduzisiz o‘ynaydi.

Kiritildi: 16:35, 20.01.2023.
O'qildi: 1716 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик