Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

«Yuventus»ning eski «kasal»i tutib qoldi. Klubga sodiqlarning xiyonati qimmatga tushishi mumkin

«Yuventus»ning eski «kasal»i tutib qoldi. Klubga sodiqlarning xiyonati qimmatga tushishi mumkin

Baho:
+ | -

A Seriya grandi yana janjallarga aralashib qoldi. Turinliklardan 15 ochko olib tashlandi

«Yuventus» yana katta janjalga sabab bo‘ldi va jiddiy sport jazosini oldi! Hozircha, 2006 yildagidek, A Seriyadan chetlatilgani yo‘q, ammo «keksa sinyora» keyingi mavsumda yevrokuboklarsiz qolishi mumkin. Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, Italiya futbol federasiyasi (FIGC) sud talabini qanoatlantirdi va moliyaviy firibgarlik tufayli Turin klubidan 15 ochko olib tashlash haqida qaror chiqardi. Juma oqshomiga qadar «Yuventus» uchinchi o‘rin va Chempionlar Ligasi zonasida edi, endi esa o‘ninchi o‘ringa tushadi. «Lasio», «Roma» va «Atalanta»dan 12 ochkoga ortda qoladi. Oktyabr-yanvar oylarida Massimiliano Allegri shogirdlari Italiya chempionatida gol o‘tkazib yubormasdan ketma-ket sakkizta g‘alabani qo‘lga kiritishgan bo‘lsada, «Yuventus»ning endi ham mavsum yakuniga qadar YECHL zonasi uchun ochkolarni yig‘ishiga ishonish qiyin. Bundan tashqari, Turin klubining sobiq rahbarlari ham jazolandi. Fabio Paratichi («Yuventus»ning sobiq sport direktori) ikki yarim yilga, Andrea Anyelli (prezident) va Maurisio Arrivabene (bosh direktor) ikki yilga, Federiko Kerubini (sport direktori) bir yilu to‘rt oyga futboldan chetlashtirildi. Vise-prezident Pavel Nedved esa yengil diskvalifikasiyaga uchradi: chex sakkiz oyga diskvalifikasiya qilindi. «Yuventus»ning sobiq rahbariyati 2022 yilning noyabr oyi oxirida iste’foga chiqqan edi. Anyelli va uning jamoasi lisenziyalash va moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda: futbolchilarning transfer narxini oshirib yuborishda, xodimlarning maoshini past ko‘rsatishda va futbolchilar daromadlarining haqiqiy hajmini yashirishda ayblangan. Koronavirus pandemiyasi davrida klub 17 nafar futbolchiga yashirincha 60 million yevro to‘lagan. Turinliklar rahbarlari futbolchilar maoshlarining bir qismidan voz kechganliklari va qonunni chetlab o‘tib, ular bilan bu pulni kelishganliklarini ochiqchasiga aytdi. Jumladan, Krishtianu Ronaldudan klubni 19,9 million yevro qarzi bor, u klubni sudga bermoqchi.

La Stampa nashri Kerubini va «Yuventus» advokati Chezare Gabazio o‘rtasidagi telefon suhbati mazmunini e’lon qildi. «Ronaldu bilan maxfiy kelishuv oshkor etilmasligi kerak, chunki bu sodir bo‘ladigan bo‘lsa, ular bizning tomog‘imizdan mahkam ushlab, auditorlarga hujum qilishadi va hokazo. Va keyin biz xayoliy bitimni amalga oshirishimiz kerak bo‘ladi», degandi Kerubini. Taniqli jurnalist Janluka Di Marsioning ta’kidlashicha, tergov ostidagi «Yuventus» rahbarlari 20 ming yevrodan 5 million yevrogacha jarima va bir yildan sakkiz yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Dekabr oyida Anyelli moliyaviy firibgarlik haqidagi da’volarga izoh bergandi: «So‘nggi yillarda «Yuventus»ga bo‘lgan katta muhabbatim tufayli  maydonda ham, uning tashqarisida ham natijalarga erishish uchun bor kuchimni sarfladim. «Yuventus» hamma narsadan ustun. Ishonchim komilki, so‘nggi yillarda to‘g‘ri ish qilganman va bizga qo‘yilgan ayblovlar asossiz». La Gazzetta dello Sport nashriga ko‘ra, agar moliyaviy qoidabuzarliklar isbotlansa, UYEFA Turin klubini yevrokuboklardan chetlashtirishga tayyorligini yozdi. «Yuventus» Italiya sudining qarori ustidan shikoyat qilish huquqiga ega. Turin klubi buni uddalashi aniq, har doimgidek.

Kiritildi: 10:25, 21.01.2023.
O'qildi: 2167 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.