Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Mumtoz bahs o‘z mavqeyini tikladi: "MYU"da chempionlik uchun kurashga kirish imkoni bor. "Arsenal" esa o‘ch olishni istaydi

Mumtoz bahs o‘z mavqeyini tikladi: "MYU"da chempionlik uchun kurashga kirish imkoni bor. "Arsenal" esa o‘ch olishni istaydi

Baho:
+ | -

Ingliz futboli tarixidagi eng katta bahslardan biri yakshanba kuni o‘tkaziladi. Unda super sport-formasidagi "MYU" Londonning "Arsenal" klubi maydoniga safar qilishi belgilangan. Ushbu o‘yinning qizg‘in qiladigan faktorlar juda ko‘p. Ular ichida eng oddiylaridan biri "MYU"ning bir hafta oldin "Manchester Siti"ni mag‘lub etganidir (2-1). Shuningdek, "Arsenal" ham o‘zaro hisob-kitobda "Tottenxem"ni taslim qilgan edi (2-0). Ayni damda bu ikki jamoa o‘rtasidagi ochkolar farqi 8 tani tashkil etmoqda. G‘alaba Erik ten Xag shogirdlarini chempionlik poygasiga olib kiradi. Ammo bu oson bo‘lmasligi aniq. Chunki raqib – "Arsenal".

Mikel Arteta jamoasi APL mavsumi davomida faqat bir marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. U ham bo‘lsa "MYU"ga qarshi, safarda kechgan bahs edi (3-1). Ha, bu jamoani oldinda o‘ta murakkab bo‘lgan ikki oy kutib turibdi. Ertaga, bordi-yu, mag‘lubiyatga uchralsa, kelajakdagi natijalar ham o‘zgarib ketishi hech gap emas.
Boshqa tomonda 13 marta Angliya chempionlari fantastik davrni boshdan o‘tkazmoqda. Sifatli va chiroyli o‘yinlar orqali mankunianliklar g‘alabali seriyalar qayd etib keldi. "Kristal Pelas"ga qarshi durangni istisno qilgan holda aytish mumkinki, bu jamoani to‘xtatadigan kuch topilmayapti. Ammo ertangi bahsda Londondagi ehtimoliy mag‘lubiyat, "qizil iblislar"ni osmondan to‘g‘ri yerga olib tushib qo‘yadi. Quyida ikki jamoaning zaif va kuchli tomonlarini ko‘rib chiqamiz.

"MYU" himoyasi o‘zgardi

Oldinlari klublar asosan klassik, 4-4-2 sxemasidan foydalangan. Hozir esa bu narsa o‘zgardi. Ayni damda shunday tendensiya rivojlandiki, jamoalar hududlar orasidagi masofani qisqartirish yo‘li bilan zich harakat qila boshladi. Bu usul himoyalanishda asqotadi, albatta. Zichlanish va zonal himoya raqib futbolchilarini o‘z hududidan siqib chiqarishda yordam beradi. "MYU" ham bundan mustasno emas. Ammo Erik ten Xag himoyalanishda ustasi farang emas. Buni "Manchester Siti"ga qarshi bahs ko‘rsatib berdi. Chunki "shaharliklar" zonal himoyani yorib o‘tishda juda ham katta tajribaga ega. Ammo vaziyatlardan foydalana olmaslik, Gvardiolaga pand bergan.

"MYU" qarshu hujumi – "olov"

Joze Mourinyo va Ole Gunar Sulsher davrlarida "Manchester Yunayted" qarshi hujumga asoslangan futbolga moslashtirildi. Garchand so‘nggi paytda jamoa ko‘proq to‘p nazoratiga ham intila boshlagan bo‘lsada, baribir klubning xavfli xususiyati himoyadan hujumga o‘tish tezligi bo‘lib qolaverdi. Aynan mana shu narsadan ten Xag ushbu mavsum davomida muvaffaqiyatli foydalanib kelmoqda. Asosiy tarkibda Fernandesh, Eriksen va Kazemiro kabi uzatma qirollarining bo‘lishi, Reshford, Sancho va Antoni kabi tezkor hujumchilarning borligi, ten Xagga ayni muddao edi. Ertangi bahsda ham shubhasiz, biz qarshi hujumlarga guvoh bo‘lamiz. Ularni esa asosan manchesterliklar ijro etsa, ajab emas.

"Arsenal" "MYU"ga qarshi nima qila oladi?

Endi "Arsenal"ga to‘xtalib o‘tsak. Erik ten Xag "MYU"ni o‘ngladi. Ammo jamoada hali ham muammolar bor. Shulardan biri, "qizil iblislar" kuchli va tinimsiz pressingga turib bera olmasligidir. Buni "Manchester Siti" aniq va ravshan isbotlab bera oldi. "MYU" niderlandiyalik mutaxassis bilan birga to‘p bilan qanday muomala qilishni qaytadan o‘rgana boshladi. Ammo "Manchester Siti" kabi jamoalar hech qachon raqibga to‘pni uzoq vaqt berib qo‘ymaydi. "Arsenal" esa "shaharliklar"dan "rang" olgan. Gvardiola bilan ishlagan Arteta o‘z jamoasini kuchli pressing bilan o‘ynashga o‘rgatdi. Ammo bu bosim maqsadli bo‘lishi ham kerak. "To‘pchilar" bosim bilan o‘z raqibini qamal qiladi va o‘rni kelganda keskin almashinuvlarni amalga oshiradi. Kelayotgan o‘yinda ham aynan shunday uslub, "Arsenal" tomonidan qo‘llanishi kutilmoqda. Bu esa "qizil iblislar"ga muammo demakdir.

"Arsenal"da yaxshi hujum bor, ammo himoya...

London jamoasining hujumi qanday ekanini hamma yaxshi biladi. Ammo qarshi hujum paytida himoya chizig‘i ham o‘z ishini maromiga yetkazib bajarishi kerak. Aks holda, hammasi chappasiga aylanib ketadi. Mana shu narsa "Arsenal"ning nozikroq nuqtasidir. "MYU" qarshi hujumlarda master sanaladi. Buni birinchi davrada ham isbotlay olgan.

Xo‘sh bularning bari nimani anglatadi?

Hozir barchasi "Arsenal"ning o‘z qo‘lida. Ular vaziyatni nazorat qilmoqda. Ammo "Manchester Yunayted"ga yutqiziq, barchasini murakkablashtirib qo‘yadi. "Emirates"da g‘alaba qozonish esa Erik ten Xagni chempionlikka da’vo qila boshlaganini anglatadi. Ammo durang ham "MYU"ga yomonlik olib kelmaydi. Shunga qaramay, "Arsenal" qasos o‘tida yonmoqda. Arteta yigitlari "Old Trafford"dagi mag‘lubiyat uchun o‘ch olishni istaydi. Buning uchun ularda yetarlicha qurollar mavjud.
Nima bo‘lgan taqdirda ham, ertaga biz ikki fantastik murabbiy va ular tarbiyalayotgan katta yulduzlarning maydondagi jangiga guvoh bo‘lamiz. Kuting, mavsumning eng chiroyli o‘yini bo‘lishga da’vogar bahs yaqin!

 

 

 

Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:33, 21.01.2023.
O'qildi: 2196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.