Jurnalist Santi Aunaning xabar berishicha, "PSJ" qishki transfer oynasida “Roma” yarim himoyachisi Nikolo Dzanyoloni sotib olishi mumkin.
23 yoshli yarim himoyachi fransuz klubiga taklif qilingan. "PSJ" rahbariyati o‘ylash uchun vaqt oldi.
Potensial kelishuv narxi 30 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Dzanyoloning "Roma" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, biroq futbolchi yangi shartnoma imzolashdan bosh tortmoqda.
Nikolo joriy mavsumda 17 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













