Kirish Ro'yxatdan o'tish

Roys agentidan o‘ziga yangi klub topishni so‘radi

Roys agentidan o‘ziga yangi klub topishni so‘radi

Baho:
+ | -

Marko Roys Dortmundning "Borussiya" klubini tark etishi mumkin.

33 yoshli futbolchi nemis klubi Yusuf Mukoko bilan yangi shartnoma borasida faol muzokara olib borayotganidan norozi, biroq unga shartnomani uzaytirishni taklif qilmagan.

Shartnomasi shu yozda tugaydigan Roys o‘z vakilidan yangi klub izlashni so‘radi, deb xabar beradi Sport1.

Qayd etilishicha, “Leypsig” futbolchining agenti bilan gaplashgan. Jamoaning sport direktori Maks Eberl Roysni yaxshi biladi, chunki uning qo‘l ostida futbolchi Myonxengladbaxning "Borussiya"siga o‘tgan.

Dortmundliklar sardori joriy mavsumda barcha turnirlarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:45, 22.01.2023.
O'qildi: 1041 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.