Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" yana ikki futbolchiga qiziqish bildirmoqda

"Chelsi" yana ikki futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Chelsi" "Everton"ning ikki futbolchisini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

The Telegraph xabariga ko‘ra, londonliklar yozda shartnoma imzolashni maqsad qilgan yarim himoyachi Entoni Gordonni kuzatib borishda davom etmoqda. Ular uni qishda sotib olishga urinib ko‘rishlari va mavsum oxirigacha Mersisayd jamoasida qoldirishlari mumkin.

Unga yana bir da’vogar - "Nyukasl".

"Chelsi" o‘tgan yozda "Lill"dan 33,5 million funtga sotib olingan yarim himoyachi Amadu Onanaga ham qiziqish bildirmoqda. "Everton" hozir u bilan xayrlashishni istamayapti, londonliklar Gordon bilan bo‘lgani kabi, 21 yoshli futbolchini yozgacha o‘z safida qoldirishga tayyor.

Shu bilan birga, "Everton"ga "Chelsi" vingeri Xakim Ziyesh yoqayotgani xabar qilingan.

Kiritildi: 00:36, 24.01.2023.
O'qildi: 1629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.