Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ronaldinyoning o‘g‘lini Messiga tenglashtirishmoqda

Ronaldinyoning o‘g‘lini Messiga tenglashtirishmoqda

Baho:
+ | -

Ronaldinyo 15 yil oldin "Barselona"ni tark etgandi. Ammo o‘shandan beri u klub bilan aloqani uzmagan: u turli tadbirlarda qatnashai, “ko‘k-anorranglilar” elchisi bo‘lgan, kataloniyalik afsonalar jamoasida o‘ynaydi. Shu boisda, braziliyalik o‘g‘lini ham klubga olib kelgan bo‘lsa ajab emas.

17 yoshli Joao Mendes de Assis Moreira bir necha haftadan beri Kataloniyada bo‘lib turibdi va u "Barselona"ning 19 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi uchun sinovdan o‘tmoqda.

Ronaldinyoning o‘g‘li uchun uning o‘yin fazilatlarini baholash uchun hatto o‘rtoqlik uchrashuvi ham o‘tkazishdi. Shundan keyingina murabbiylar yosh futbolchi bilan shartnoma imzolashga qaror qilishdi. Shtab-kvartira hali Mendes kataloniyaliklar darajasiga mos kelishiga ishonchi komil emas. Ammo Ronaldinyo bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara olib borgan klub prezidenti Joan Laporta murabbiylardan uni yashilab sinovdan o‘tkazishni so‘ragan.

Joao Mendesning bo‘yi unchalik ham baland emas(178 sm). U qanot va hujumkor yarim himoyachi sifatida ham o‘ynay oladi. Qayd etilishicha, uning maydondagi harakatlari otasiga juda o‘xshaydi.

Joao futboldagi ilk qadamlarini “Flamengo” akademiyasida qo‘ygan. Keyinchalik u “PSJ”ning Braziliya akademiyasiga qo‘shildi. Parij klubi skautlari unda iste’dodni ko‘rdilar, lekin uni Fransiyaga chaqirishmadi.

Keyin, 13 yoshida, bolakay “Kruzeyro”da ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu jarayonda u otasi tufayli hech qanday imtiyozlarga ega bo‘lmaslik uchun o‘z shaxsini yashirgan. Joao bilan shartnoma imzolangandan keyingina uning otasi Ronaldino ekanligini oshkor qildi. Bir yil o‘tgach, u “Kruzeyro” bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi va haqiqatan ham tarkibga kirishni xohladi.

Hujumchi akademiyada ajoyib start oldi: u U-14 jamoasi bilan Xitoyda bo‘lib o‘tgan yoshlar turniriga bordi va u yerda ikki bor gol urdi, chempion bo‘ldi. Shundan so‘ng Joao Nike bilan homiylik shartnomasini imzoladi. “Kruzeyro”da uni Yevropaning ko‘plab klublaridan skautlar kuzatib borishdi. 15 yoshida u yana “PSJ”dan voz kechdi va "Barselona" tomonidan Leo Messining o‘rnini bosadigan nomzod sifatida ro‘yxatga kiritildi!

U o‘tgan qishda "Kruzeyro"ni tark etdi. Deyarli bir yil davomida braziliyalik o‘ziga jamoa topa olmadi va kutilmaganda “Barselona”ga kelib qoldi. Agar u Kataloniyadagi sinov jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tsa, o‘nlab yillar davomida Yevropa gigantlarini o‘yinchilar bilan ta’minlab kelayotgan dunyodagi eng yaxshi akademiyalardan biriga jalb qilinadi. Shuning uchun biz futbol muxlislari Joao o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishini va "Barsa"ning asosiy jamoasiga yetishishini juda xohlaymiz. Zero, afsonaviy futbolchining farzandi o‘yinini ko‘rish hech kimni befarq qoldirmasa kerak.

Kiritildi: 21:12, 24.01.2023.
O'qildi: 7030 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик