Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston U17 terma jamoasi Hindistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston U17 terma jamoasi Hindistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun Goa shahrida Hindiston U17  termasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Unda Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmagan bo‘lsa, 53-daqiqada Oybek O‘rmonjonov 12 metrlardan aniq zarba berib, jamoamizni oldinga olib chiqdi.

67-daqiqada esa Quvonchbek Abrayev raqib himoyachisining xatosidan foydalanib jamoamizning ikkinchi golini urgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmasdan Abdulhamid Turg‘unboyev bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, ikki avvalgi mag‘lubiyat (0:2) uchun o‘smirlarimiz revansh olishdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Hindiston U17 - O‘zbekiston U17 - 0:3 (0:0)
Gollar: Oybek O‘rmonjonov (53ʼ), Quvonchbek Abrayev (67ʼ), Abdulhamid Turg‘unboyev (75ʼ).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:07, 24.01.2023.
O'qildi: 1920 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик