Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Transferlar oynasi yopilishiga yetti kun qolganida jamoasini yangilashi mumkin bo‘lgandan 7 futbolchi

Transferlar oynasi yopilishiga yetti kun qolganida jamoasini yangilashi mumkin bo‘lgandan 7 futbolchi

Baho:
+ | -

Yevropa klublari oldida tarkibni yanada kuchaytirish uchun yana yetti kun bor. Barchamiz bilamizki, APL o‘zining qoq o‘rtasiga yetib keldi. Shunday bir paytda "Arsenal" va "Manchester Siti" chempionlik uchun kurashayotgan bo‘lsa, Uchinchi o‘rindagi "Nyukasl" "Chelsi" va "Liverpul"dan 10 ochko oldinda bormoqda. Jadvalning quyi qismida ham hayot-mamot janglari bo‘lib o‘tadi. Shunday paytda qishki transferlar oynasidagi faol harakatlar jamoalarning mavsum so‘ngidagi taqdirini belgilab berishi mumkin. Quyida 1 fevralga qadar amalga oshishi kutilayotgan yetti ko‘chishni e’tiboringizga havola etamiz.

Enso Fernandes "Chelsi"ga

Balki, qishning eng yirik xaridi bo‘lishi mumkin bo‘lgan transfer hali ham o‘z navbatini kutmoqda. "Benfika" yarim himoyachisi Enso Fernandes Londonga yo‘l olishi mumkin. U Jahon chempionatida butun dunyoni lol qoldirgandi. Argentina terma jamoasi a’zosi 105 million funtlik tovon puliga ega. Bu esa hatto "Chelsi" uchun ham katta mablag‘ sanaladi.

Nikolas Zanyolo "Tottenxem" yoki "Nyukasl"ga

"Tottenxem" mavsumni qolgan qismida juda qattiq harakat qilishiga to‘g‘ri keladi. Oldinda jamoani kuchli to‘rtlik uchun ayovsiz kurash kutmoqda. Bosh murabbiy Antonio Konte o‘zining fikrini aytar ekan, klubga yangi futbolchilar kerakligini ta’kidlaydi. Eng ashaddiy nishon esa "Roma" yarim himoyachisi Zanyolo bo‘lib turibdi. Boshqa tomondan bu transferga "Nyukasl" aralashib, 23 yoshli futbolchiga 31 million funt taklif qilgandi. Ammo bu taklif "Roma"ni qoniqtirmadi.

Malo Gyusto "Chelsi"ga

"Chelsi" ushbu transfer borasida allaqachon bir bor rad javobini olishga ulgurdi. 19 yoshli o‘ng qanot himoyachisiga "aristokratlar" rahbariyati 18 million funt taklif etgandi. Biroq, hozir "Chelsi" rahbariyati tushundiki, Gyustoga erishish oson emas va bu uchun jamoa o‘z taklifini kattalashtirishiga to‘g‘ri keladi.

Ivan Fresneda "Arsenal"ga

Agarda "Arsenal" o‘zining chempionlikka bo‘lgan da’vosini saqlab qolmoqchi bo‘sa, u holda yozni kutmasligi kerak. Ular qishning o‘zida tarkibni chuqurlashtirishi lozim. Mikel Arteta bu yo‘lda "Real Valyadolid"dan Fresnedani olib kelishni o‘ylamoqda. So‘nggi xabarlarda jamoalar 13 million funtga kelishib olgani aytiladi.

Arnaut Danjuma "Tottenxem"ga

"Vilyarreal" vingeri "Everton"da tibbiy ko‘riklardan o‘tgandi. Ammo vaziyat birdaniga o‘zgarib ketdi. "Tottenxem" Danjuma borasida ustunlikka erishdi. 25 yoshli senegallik endilikda "shporlar" tarkibida ijara asosida harakat qilishi kutilmoqda. Uning bitimiga sotib olish huquqi ham qo‘shilgan.

Entoni Gordon "Nyukasl" yoki "Chelsi"ga

"Everton" tarbiyalanuvchisi 2021-22 yilgi mavsumni fantastik yakunlagani sababli "Chelsi" e’tiboriga tushgandi. Shu sabab "Chelsi" yosh hujumchini olib qolishi mumkin. Ammo 21 yoshli Gordonni "Nyukasl" ham ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Shu sabab uning transferi oson kechmaydi.

Moyses Kaysedo "Arsenal"ga yoki "Chelsi"ga

"Brayton"ni bir yaxshi an’anasi bor. Bu klub vakillari dunyoning har xil nuqtasidan iste’dodlarni topib, ularni tarbiyalash bilan shug‘ullanadi. Oradan bir muddat o‘rib esa, ular APLning katta klublari e’tiborini tortadi. "Chag‘alaylar"ning shunday futbolchilaridan biri 21 yoshli Moyses Kaysedodir. U "Arsenal" tomonidan kuzatilmoqda. "Chelsi" esa doimgidek o‘z hamshaharining o‘ljasini olib qo‘yuvchi rolini bajarishi mumkin. Ko‘ramiz, voqealar rivoji qanday kecharkin.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 20:33, 25.01.2023.
O'qildi: 5063 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.