Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Toshkent CAFA hakamlar seminariga mezbonlik qilmoqda

Toshkent CAFA hakamlar seminariga mezbonlik qilmoqda

Baho:
+ | -

Poytaxtimizdagi «King Plaza» mehmonxonasida hakamlar uchun seminar boshlandi. Unda Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA)ga a’zo mamlakatlardan 23 nafar hakamlar ishtirok etmoqda.

Seminarni O‘FA birinchi vise-prezidenti, CAFA hakamlar qo‘mitasi raisi Ravshan Ermatov ochib berib, ishtirokchilarga bugungi kunda futbolga zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi ortidan futbolning jadallik bilan rivojlanib borayotgani, muxlislarga yanada sifatli futbol taqdim etish imkoniyati oshib borayotganini ta’kidladi. Tabiiyki, futbolning yanada jozibaliroq bo‘lishida hakamlarning o‘rni beqiyos bo‘lishiga alohida urg‘u berildi. FIFA ham hakamlik borasida katta yangiliklarga qo‘l urayotgani bejiz emasligi ta’kidlandi. Shu sababdan CAFA hakamlikka jiddiy e’tibor berib, uning rivojlanishi yo‘lida qator ishlar amalga oshirilayotgani bildirildi.

Seminar davomida hakamlar o‘yin qoidalari yuzasidan nazariy test va video test topshirishdi. Shuningdek, OFK instruktorlari tomonidan o‘yindan tashqari holat, taktik follar mavzularida nazariy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Qayd etish kerak, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan mazkur seminar 29 yanvargacha davom etishi rejalashtirilgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:41, 26.01.2023.
O'qildi: 979 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик