Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

"Arsenal"ning qaysi o‘yinchilari rivojlanishga muhtoj?

"Arsenal"ning qaysi o‘yinchilari rivojlanishga muhtoj?

Baho:
+ | -

Mikel Arteta fikriga tayanadigan bo‘lsak, "Arsenal" futbolchilarining hammasi yanada rivojlanishi va o‘sishi kerak. Ammo o‘yinlariga qarab aytish mumkinki, jamoada hammasi joyida. Shunga qaramay, quyida o‘sishga muhtoj futbolchilarni keltirib o‘tmoqchimiz. Demak, boshladik.

Benjamin Uayt

Uayt o‘ng qanot bilan birgalikda chapda ham harakat qila oladi. Uning asl pozisiyasi esa markaziy himoya sanaladi. Ha, u qanotda yaxshi o‘yin o‘tkazmoqda. Ammo bu yetarli emas. Chunki Uaytning tabiiy pozisiyasi u yerda joylashmagan. Uning qolgan jamoadoshlari o‘zining yaxshi ko‘rgan joyida. Uayt esa unday emas. Shu sababli 24 yoshli futbolchi hali o‘z o‘rnida o‘sishi kerak. Buni "MYU"ga qarshi bahs ham ko‘rsatib qo‘ydi.

Granit Jaka

Bu tanlov juda ham og‘ir kechdi. Chunki Jaka ikki mavsumdan beri "Arsenal"ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lib kelmoqda. Lekin bir narsani unutmaslik kerak, bundan uch mavsum oldin aynan Jaka jamoa muxlislariga qarata "og‘zingni yum" deya baqirgan va maydonni sharmandali tark etgan. Mikel Arteta Granitni haqiqiy "granit"ga aylanishidan asrab qoldi. Ammo asli albaniyalik bo‘lgan bu futbolchining qonida baribir qiziqqonlik saqlanib turibdi. Buni yo‘qotish oson kechmaydi.

Rob Xolding

Xolding o‘z jamoasiga maydondan ko‘ra, kiyinish xonasida foydaliroq bo‘ladi. Buni biz "All or Nothing" hujjatli filmida guvohi bo‘lgandik. Ingliz himoyachisi o‘sishga muhtoj. Shunchalik tajribali bo‘lishiga qaramay, Xolding zaxirada ushlab o‘tirilibdi. "Arsenal"ning yaqinda yangi markaziy himoyachi sotib olgani ham vaziyatni og‘irlashtiradi. U endi Arteta uchun 5 raqamli zaxira varianti bo‘lib qoldi.

Reiss Nelson

Ajablanarlisi shundaki, APLdagi eng iqtidorli futbolchi o‘sishga muhtoj bo‘lib turibdi. Ammo bu yuksalish jimsoniy tomonlama bo‘lishi kerak. Nega ekanini esa hozir bilib olasiz. Nelson 2022-23 yilgi mavsumda atigi bitta APL bahsida maydonga tushirildi. Ammo shuning o‘zi unga yetarli bo‘ldi. U qandaydir 5-10 daqiqani ichida 2 ta gol va 1 ta assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Garchand shunday yaxshi startga bo‘lsa ham, uning ishlari ortga ketdi. Chunki 23 yoshli hujumchi jarohat olgandi. Nelson jismoniy jihatdan o‘sishga erishsagina, "Arsenal" asosiy tarkibidan joy ola biladi. Aks holda, hammasi hozirgidek qolib ketishi mumkin.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 21:37, 26.01.2023.
O'qildi: 1028 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.