Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya kubogi. «Real» qo‘shimcha bo‘limda bir kishi kam qolgan «Atletiko» ustidan irodali g‘alaba qozondi

Ispaniya kubogi. «Real» qo‘shimcha bo‘limda bir kishi kam qolgan «Atletiko» ustidan irodali g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Ispaniya Kubogi chorak final bahsida “Real” va “Atletiko” o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida Alvaro Morata hisobni ochdi. 79-daqiqada esa Rodrigo muvozanatni tikladi. Shu tariqa jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l oldi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda “matraschilar” bir kishi kam bo‘lib qoldi. 99-daqiqada Stefan Savich qo‘polligi uchun qizil kartochka oldi. 104-daqiqada esa Karim Benzema “qaymoqranglilar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolganda Vinisius Junior madridliklarning uchinchi goliga mualliflik qildi.

Karlo Anchelotti shogirdlari 3:1 hisobida zafar quchib, yarim finalga yo‘l oldi.

Ispaniya kubogi, chorak final bahsi
26 yanvar, payshanba
“Real” – “Atletiko” 3:1
Gollar: 0:1 – 19 Morata, 1:1 – 79 Rodrigo, 2:1 – 104 Benzema, 3:1 – 120 Vinisius Junior.
Chetlatish: Stefan Savich (99)
“Real Madrid”: Kurtua, Nacho (Odriosola, 115), Ryudiger, Militao, Mendi (Sebalyos, 44), Modrich, Kroos (Asensio, 74), Kamavinga, Valverde (Rodrigo, 69; Martin, 115), Benzema, Vinisius Junior.
“Atletiko”: Oblak, Molina, Savich, Ermoso, Reynildu, Koke (Saul, 83), De Pol (Kondogbia, 83), Lemar (Karrasko, 74), Grizmann (Barrios, 90), Morata (Vitsel, 63), Korrea (Depay, 74).
Ogohlantirishlar: De Pol (44), Reynildu (54), Ermoso (62), Sebalyos (69), Vinisius Junior (97), Savich (97), Koke (105).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:23, 27.01.2023.
O'qildi: 3045 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик