Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

"Roma" yulduziga shart qo‘ydi

"Roma" yulduziga shart qo‘ydi

Baho:
+ | -

"Roma" Nikolo Dzanyologa ultimatum qo‘ydi.

Yarim himoyachi qishda "Roma"dan ketmoqchi. Uning "Milan"ga o‘tmoqchi ekanligi xabar qilingandi, ammo "Roma" bilan transfer shartlarini "Bornmut" kelishib olgan. "Milan" inglizlarning taklifini takrorlashga tayyor emasdi va futbolchi uchun kurashdan voz kechdi.

Rimliklar Dzanyoloni faqat "Bornmut"dan transfer qilish borasida aniq taklif oldi.

Correira Della Sport xabariga ko‘ra, bu borada Nikolo "Roma"da qolish haqida o‘ylamoqda, biroq u va klub o‘rtasidagi munosabatlar butunlay buzilgan.

"Roma" xo‘jayinlari Den va Rayan Fridkinlar "Bornmut" bilan Dzanyolo uchun muzokaralarda shaxsan ishtirok etishgan va futbolchiga nisbatan qattiq munosabatda bo‘lishgan.

Nikologa ultimatum qo‘yildi. U yo "Bornmut"ga o‘tishga rozi bo‘lishi yoki yozgacha "Roma"da qolishi kerak. Fridkinlar Dzanyolo 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomasi yakuniga qadar endi "Roma"da o‘ynamasligini va bu vaqtni tribunada o‘tkazishini istisno qilishmaydi.

Avvalroq, "Bornmut" yarim himoyachi uchun 30+5 million yevro, shuningdek, keyingi sotuvning 10 foizini taklif qilgani ma’lum bo‘lgandi.

23 yoshli hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda “Roma” safida barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:34, 27.01.2023.
O'qildi: 1252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик