Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol 5-0 Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa 4-2 Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal 2-0 PSJ
01/10 23:59 Bayer 1-0 Milan
01/10 23:59 Borussiya D 7-1 Seltik
01/10 23:59 Barselona 5-0 Yang Boyz
01/10 23:59 Inter 4-0 Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV 1-1 Sporting
01/10 23:59 Slovan 0-4 Manchester Siti

Eslaymiz. Klopp "Liverpul" boshqaruviga kelganda jamoaning hozirgi asosiy tarkib futbolchilari qayerda edi?

Eslaymiz. Klopp "Liverpul" boshqaruviga kelganda jamoaning hozirgi asosiy tarkib futbolchilari qayerda edi?

Baho:
+ | -

2015 yil oktyabr oyida “Everton”ga qarshi o‘yindan so‘ng bosh murabbiy Brendan Rojers iste’foga chiqarilganida “Liverpul” butunlay o‘zgardi va boshqa yo‘lni tanladi. Ko‘p o‘tmay, klub Yurgen Klopp bilan shartnoma imzoladi va qolganlari tarixga aylandi.

Sky Sports studiyasida bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng, Tyerri Anri o‘yinni "yaxshiroq" deb atadi, lekin "endi katta jamoa emas" dedi, bu esa o‘sha paytda klub standartlari qanchalik past bo‘lganini ko‘rsatadi. Suhbatda Kloppning tayinlanishini qo‘llab-quvvatlagan Jeymi Karrager va Grem Suness ham ishtirok etdi.

Qizig‘i shundaki, o‘shanda Kloppning bo‘lajak futbolchilaridan faqat bittasi Rojers qo‘l ostila o‘ynagan. Lekin ular qayerda edi? Biz hozir shularni eslaymiz.

Alisson

"Liverpul"ning birinchi raqamli darvozaboni Braziliyaning "Internasyonal" jamoasida bo‘lgan va yaqin orada "Roma"ga o‘tishga tayyorlanayotgan edi. Italiya klubi uning uchun "qizillar"dan 62,5 million yevro olgan.

Trent Aleksandr-Arnold

U "Liverpul"ning ikkinchi jamoasida o‘ynagan va hali birinchisiga ko‘tarilmagan edi.

Joel Matip

"Shalke 04"da o‘ynagan. U "Liverpul"ga erkin agent sifatida o‘tdi.

Virjil van Deyk

Shotlandiyaning "Seltik" klubidan "Sautgempton"ga ko‘chib o‘tgandi. "Avliyolar" uni mersisaydliklarga sotib yuborish orqali 84,65 million yevro ishlab olishdi.

Endryu Robertson

"Xall Siti"dagi ikkinchi mavsumini o‘tkazayotgan edi. Keyinroq u 9 million yevroga "Liverpul"ga o‘tdi.

Jordan Xenderson

O‘shanda "Liverpul"da bo‘lgan yagona futbolchi. 2011 yilda "Sanderlend"dan 18 million yevro evaziga jamoa safiga o‘tgan.

Fabinyo

"Monako"da o‘ynagan. Klub uni 45 million yevroga sotib olgan.

Tiago Alkantara

O‘sha davrda u "Bavariya" futbolchisi bo‘lga5. Klopp jamoasiga 22 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan.

Sadio Mane

Rojersni ishdan bo‘shatishdan bir kun oldin u o‘zining "Sautgempton" jamoasiga "Chelsi"ni 3:1 hisobida mag‘lub etishga yordam berdi. Mane uchun "qizillar" 41,2 million yevro sarflashdi.

Diogu Jota

U Portugaliya chempionatining o‘rtamiyona "Pasush de Ferreyra" klubining yetakchisi edi. Keyinroq “Vulverxempton” uni 44,7 million yevro evaziga “Liverpul”ga sotdi.

Muhammad Saloh

O‘sha mavsum Saloh "Roma"ga o‘tgandi. Keyinchalik 42 million yevro evaziga "qizillar" futbolchisiga aylangan.

Kiritildi: 23:14, 27.01.2023.
O'qildi: 3742 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.