Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Potter hammani hayratlantirishda davom etmoqda. U bu safar jamoani harbiy bazaga jamladi

Potter hammani hayratlantirishda davom etmoqda. U bu safar jamoani harbiy bazaga jamladi

Baho:
+ | -

"Chelsi" inqirozga yuz tutmoqda, shuning uchun bosh murabbiy Grem Potter muhitni yaxshilashga va futbolchilarni chalg‘itishga harakat qilmoqda.

Seshanba kuni "ko‘klar" ustozi o‘z jamoasini Xempshirdagi harbiy bazaga yubordi, u yerda futbolchilar askarlar bilan uchrashdi.

The Sun nashrining yozishicha, Potter armiyadagi kabi jamoaga yuqori yuklama bermagan. Buning o‘rniga u futbolchilarni birgalikda ishlash haqida o‘ylash uchun aqliy mashqlar o‘tkazdi.

Grem Potter o‘zining g‘ayrioddiy jamoaviy ruhi bilan mashhur. "Estersunde"dagi faoliyati davomida Potter o‘z o‘yinchilariga balet qo‘yishni, Vikinglar haqida teatrlashtirilgan spektaklni taklif qilishni va hatto tomoshabinlar oldida fin rapini ijro etishni buyurgandi.

"Chelsi" hozirda APL turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 23:04, 28.01.2023.
O'qildi: 2725 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик